You are currently viewing Germaniya pankeyki (German pancake) yoki “Dutch baby”

Germaniya pankeyki (German pancake) yoki “Dutch baby”

Germaniya pankeyki tipik Amerika taomidir. Bu pankeyk birinchi marta Seattle (Vashington)da tayyorlangan. Bugun Germaniya pankeykini ikki xil nonushta va dessert usulini yozaman. Xullas, Germaniyada yaratilmagan Germaniya pankeykining retsepti.

Kerakli mahsulotlar (20 smli pankeyk uchun):

  • 3 dona tuxum (xona haroratida)
  • 100 ml sut (xona haroratida)
  • 100 gr un
  • Ozgina tuz
  • 30 gr sariyog‘ (сливочное масло) + ozgina ustiga surkash uchun
  • Ozgina vanilin
  • 1 osh qoshiq limon sharbati

Birinchi usul uchun: 3-4 dona qulupnay

Ikkinchi usul uchun: 3-4 dona olxo‘ri, 3 osh qoshiq jigarrang shakar va muz-qaymoq.

Ishni duxovkani 220°C ga qizdirishdan boshlang, chunki xamir tezda tayyor bo‘ladi.

Blenderning idishiga tuxum, sut, un, tuz va vanilinni  solib xamir bir xil massa bo‘lgunicha aralashtirib oling. Blender yo‘q bo‘lsa sutni oz-ozdan quyib, venchik bilan aralashtiring.

pankeyki xamiri

Birinchi usul (nonushta uchun)

Metal sopli yoki sopi olinadigan tovani olovga qo‘ying va sariyog‘ni eriting. Sariyog‘ erib ustida pufaklar paydo bo‘ladi.Endi xamirni quying va ustiga kesilgan qulupnaylarni soling.

pankeyki tovada

Tovani qizib turgan duxovkaga soling va 15-18 minut atrofida pishiring. Pankeyk duxovkada ishib chiqadi va usti qizaradi.

Germaniya pankeyki tayyor

Pankeykni duxovkadan oling va ustiga eritilgan sariyog‘ surkang. Yana limonning sharbatini quying. Germaniya pankeyki biroz pasayadi. Uning ustiga shakar kukuni sepib dasturxonga torting. Odatda bu turi asal yoki boshqa turdgi sirop bilan yeyiladi.

Ikkinchi usul (dessert uchun)

Tovaga sariyog‘ va shakarni soling.

Ular erigach ustiga kesilgan olxo‘rilarni soling va biroz pishiring. Olxo‘ri yumshashiq, lekin shaklini ushlab qolishi kerak.

Olxo‘rili aralashmadan 1 osh qoshig‘ini olib qo‘ying (ustiga qo‘yish uchun). Buning ustiga xamirni quying.

Xuddi birinchi usuldek pishirib olingda, sariyog‘‘ va limon sharbati surkang. Endi pankeykni muz-qaymoq va olxo‘rining qolgan qismi bilan dasturxonga torting.

Germaniya pankeyki muz-qaymoq bilan

E’tibor qiling:

Germaniya pankeyki uchun tova ham duxovka ham issiq bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa pankeyk yaxshi ko‘tarilmaydi. Pankeyk malina, chernika, gilos solsa yoki umuman mevasiz ham mazali bo‘ladi.

Jigarrang shakar yo‘q bo‘lsa oddiy oq shakar ham bo‘laveradi.

Yoqimli ishtaha!!!

Boshqa dessertlat retseptlarini ham albatta ko’zdan kechiring, masalan Fransuzcha crepe yoki Klafuti juda yengil dessert yoki nonushta bo’ladi.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com