You are currently viewing Mousakka – yana bir baqlajonli Grek taomi

Mousakka – yana bir baqlajonli Grek taomi

Mousakka Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mintaqasida ko‘p tayyorlanadigan taomdir. Mousakkaning variantlari ko‘p. Bugungi retsept bu Gretsiyada 1920 yillarda paydo bo‘lgan turidir. Baqlajon, qiyma va bachamel sousining aralashmasi ajoyib taom yaratadi.

Kerakli mahsulotlar (8-10 portsiya uchun):

  • 500 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 500 gr kartoshka
  • 3-4 dona baqlajon
  • 2 dona piyoz
  • 2 dona chesnok tishi
  • 300 gr pomidor (yangisi yoki konserva bankasidan)
  • 2 osh qoshiq tomat
  • 1 osh qoshiq dolchin
  • 2 dona lavr bargi
  • Yarim osh qoshiq shakar (bo‘lsa jigarrang, bo‘lmasa oddiy shakar)
  • 1 dona sabzavot yoki tovuq ziravori, misol uchun Maggi kubiklari
  • 150 ml atrofida o‘simlik yog‘i
  • Tuz va murch

Bachamel sous uchun:

  • 100 gr un
  • 100 gr sariyog‘
  • 650 ml sut
  • 2 dona lavr bargi
  • 2 ta tuxumning sarig‘i
  • 100 gr pishloqning eriydigan turi (men parmazan va mozarrelani aralashtirdim)
  • Yarim choy qoshiq muskat yong‘og‘i
  • Tuz va murch

Mousakka uchun qiyma tayyorlash

Buning uchun tovaga 1 osh qoshiq atrofida yog‘ quyib go‘shtni solamiz.

Uni biroz qo‘g‘irib, ustiga mayda to‘rg‘algan piyoz va chesnokni solamiz.

Keyin mayda to‘rg‘algan pomidor, tomat, lavr bargi, tuz, murch va dolchinni solib qo‘g‘iramiz.

Mousakka uchun qiyma

Ularning ustiga  sabzavotlar ziravorini 200-250 ml suv bilan eritib quyamiz (bo‘lmasa qaynagan suvning o‘zini).

Mousakka uchun qiyma

Endi buni o‘rta olovda qo‘yilib suvi ozaygunicha pishiramiz.

So‘ngra tuzini ko‘rib olovni o‘chiramiz.

Baqlajon va kartoshkani tayyorlash

Baqlajon va po‘chog‘i archilgan kartoshkalarni parrak qilib kesib olamiz.

Endi bularni tovaga yog‘ quyib ikki tomonini o‘rtacha olovda qizartirib olamiz (pishirib emas).

Baqlajonlar yog‘ni birpasda tortib oladi, kerak bo‘lsa yana tovaga yog‘ quyib turing.

Mousakka uchun bashmel sousi tayyorlash

Buning uchun 100 gr sariyog‘ni qozonchada eritib olamiz.

U erigach ustiga 100 gr un solib biroz o‘rtacha olovda qo‘g‘iramiz, xuddi atala yoki xolvaytar pishirgandek. Lekin un qizarib ketmasin.

Bachamel sousi

Endi olovni pasaytirib sovuq sutni oz-ozdan quyib aralashtiramiz.

Bachamel sousi

Sutning hammasini quyib bo‘lgach, sousning ustiga muskat yong‘og‘i, lavr bargi, tuz va murch solamiz. Bu sousga odatda oq murch solinadi, lekin qora murch ham bo‘laveradi.

Bachamel sousi

Endi olovni ko‘tarib sousni qo‘yiqlashgunicha tinmay aralashtirib pishiramiz. Bu sous tagiga tez oladi, shuning uchun uni tinmay aralashtrib turing.

Endi sousni olovdan olamiz, biroz sovitib ikkita tuxumning sarig‘ini qo‘shamiz.

Orqasidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni solamiz. Pishloq erigunicha sousni aralashtiramiz.

Mousakkani terish

Mouskkaning hamma qismlarini tayyorlab oldik. Endi ularni bitta katta idishga qo‘yishni boshlaymiz. Men 39×27 smli idish ishlatdim.

Ozgina yog‘langan idishga birinchi kartoshkalarni terib olamiz va ustiga ozgina tuz sepamiz.

Uning ustiga baqlajonlarni terib chiqamiz. Ularga ham tuz sepamiz.

Endi bachamel sousdan 2 osh qoshiq olib go‘shtli qiymaga solib aralashtiramiz. Bu kley sifatida ishlab, qiymaning yaxshiroq yopishishiga yordam beradi.

Mousakka tayyorlash

Endi qiymani sabzavotlarning ustiga quyamiz.

Mousakka tayyorlash
Mousakka tayyorlash

Eng oxirida bachamel sousni quyamiz.

Mousakka tayyorlash
Mousakka tayyorlash

Mousakka200°C da qizib turgan duxovkada 50 minut ustini folga qog‘oz bilan o‘rab pishiriladi.

Mousakka tayyorlash

40 minut pishgach mousakkaning ustini ochib yuboramiz (usti qizarib pishishi uchun).

Mousakka pishgach uni 40 minut atrofida sovutib olamiz va keyin kesib dasturxonga tortamiz.

Mousakka tayyor
Tayyor Mousakka

E’tibor qiling:

Mousakkani kesishdan oldin albatta 40 minut tindiring, bo‘lmasa uning sousi yaxshi qotmagan bo‘ladi. Xavotir olmang ovqat sovib qolmaydi.

Mousakkani tayyor qilib, idishga terib olib, ertasiga duxovkaga solib pishirsa ham bo‘ladi, lekin uni albatta xolodilnikda saqlash kerak.

Bachamel sousga sut oz-ozdan quyilsa u qumoq bo‘lib qolmaydi.

Tayyor Mousakka

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda baqlajondan tayyorlanadigan boshqa taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan Alla norma, Karniyarik va Baqlajonli kabob.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com