You are currently viewing Shohona muz-qaymoq – uy sharoitida tayyorlash

Shohona muz-qaymoq – uy sharoitida tayyorlash

Muz-qaymoq bolalar va kattalarning sevimli dessertidir, ayniqsa yoz oylarida. Bugun men uy sharoitida juda mazali muz-qaymoq tayyorlashni bo‘lishaman. Uyda tayyorlangan muz-qaymoq zararli moddalardan holi bo‘ladi. Bu muz-qaymoqning ta’mi ham ko‘chada sotiladigan muz-qaymoqlardan ancha boy va shirin bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (850 ml uchun):

  • 500 ml qaymoq
  • 350 ml quyiltirilgan sut (сгущенное молоко)
  • 2 osh qoshiq vanilin
  • Qaysi ta’mdagisini tayyorlamoqchi bo‘lishingizga qarab pista, bodom, Oreo pechenyesi, shokolad maydasi va eritmasi, hamda kofe damlamasi kerak bo‘ladi.
muz-qaymoq uchun mahsulotlar

Muzdek idishga qaymoq, quyultirilgan sut va vanilinni soling. Uni mikser bilan ko‘pirtiring. Qaymoqning ustida iz qolishi bilan mikserni to‘xtating. Endi buni to‘rtga bo‘ling.

muz-qaymoq tayyorlash

Birinchi ta’m uchun maydalangan oreo aralashtiring.

oreo ta'mli muz-qaymoq tayyorlash

Ikkinchi uchun esa mayda shokoladlar va eritilgan shokolad qo‘shing. Bir-ikki aralashtiring. Shunda muz-qaymoqda shokoladli lentalar paydo bo‘ladi.

shokolad ta'mli muz-qaymoq tayyorlash

Uchinchi muz-qaymoq uchun maydalangan pista qo‘shib aralashtiring.

pista ta'mli muz-qaymoq tayyorlash

To‘rtinchisi uchun bo‘lsa 1 osh qoshiq kofe damlamasi va maydalangan bodom qo‘shing. Kofe damlamasi albatta muzdek bo‘lishi kerak. Keyin miksers bilan biroz ko‘pirtirib oling, kofe damlamasi aralashishi uchun. Muz-qaymoqning bu turi ko‘proq kattalarga yoqadi.

Hammasini idishlarga solib 4-5 soat muzlatgichda qo‘ying.

Vaqt o‘tgach muz-qaymoqni idishga solib, dasturxonga torting.

muz-qaymoq

E’tibor qiling:

muz-qaymoq

Agar faqat kofe ta’mli muz-qaymoq qilmoqchi bo‘lsangiz, kofe damlamasini qaymoqni ko‘pirtirishdan oldin qo‘shing. Men boshqa ta’mlar ham tayyorlaganim uchun oxirida qo‘shdim.

muz-qaymoq
muz-qaymoq

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa mazali dessertlarning rtetseptini ham topasiz. Aytgancha, blogda muz-qaymoq bilan yeyiladigan bir nechta dessertlar bor, masalan Shokoladli Brauni.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com