Tres Leches torti Meksikada XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Lekin u 1930-1960 yillardan boshlab Shimoliy Amerikaga keng tarqalgan. Bunga sabab Nestle kompaniyasi bu retseptini o‘zining quyultirilgan sut qadoqlarida chiqara boshlagan. Tres Leches torti yumshoq va juda mayin tortdir. U uch sut aralashmasi bilan namlangan ajoyib tort. Bu haqiqiy Tres Leches tortning retsepti va men sinab ko’rganlarning ichida eng yaxshisi.
Kerakli mahsulotlar (33×23 sm tort uchun)
Xamiriga:
- 200 gr (1 stakan) un
- 1.5 osh qoshiq razrixlitel
- Yarim choy qoshiq tuz
- 5-6 ta tuxum hajmiga qarab
- 200g shakar
- 1 osh qoshiq vanil ekstrakti
- 50 ml sut
Sirop uchun:
- 350 ml bug’langan sut (shakarsiz quyultirilgan sut)
- 150 ml sut
- 350 ml quyultirilgan sut (сгущенное молоко)
Krem uchun:
- 300 ml qaymoq (suyuq turi)
- 3 osh qoshiq shakar kukuni
- 1 choy qoshiq vanilin
Tres Leches torti uchun biskvit tayyorlash
Buning uchun tuxumlarning oqi va sarig‘ini alohida idishga ajratib oling.
Endi tuxumning oqini mikser bilan ko‘pirtiring. Tuxum yaxshi ko‘pirtganda idishni ontarilsa u to‘kilmaydi. Endi shakarning 150 gramini oz-ozdan tuxumning oqiga qo‘shing va ko‘pirtirishda davom eting. Shakarning hammasini qo‘shib bo‘lganingizdan so‘ng uni chetga surib turing.
Endi tuxumning sariq qismiga shakarning qolgan 50 gramini qo‘shing va uni ham ko‘pirtiring.
U ham yaxshi ko‘pirib chiqqach unga 50 ml sut quying.
Keyin elangan un, tuz va razrixlitelni tuxumning sariq qismiga qo‘shing.
Endi bu xamirni tuxumning oq qismiga qo‘shing. Asta-sekinlik bilan bir yo‘nalishda va tepalikka qarab aralashtiring.
Tayyor xamirni yog‘langan qolipga quying. Ustini bir tekislab oling. Endi buni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 40-45 minut davomida pishiring. Biskvit pishganligini gugurt cho‘pi bilan tekshirib ko‘ring.
Pishgan biskvitni to‘la sovitishga qo‘ying. Bu orada biskivit biroz pasayadi.
Ungacha sutli siropni tayyorlab turing.
Tres Leches uchun sirop tayyorlash
Idishda sut, quyultirilgan sut va bug‘langan sutni aralashtiring. Sirop tayyor.
Endi sovigan biskivit ustini vilka bilan teshib chiqing. Ustiga siropni quying. Tres Lechesni yarim soat tindiring. Bu orada biskvit siropni tortib oladi.
Krem tayyorlash
Qaymoq, shakar kukuni va vanilinni mikser bilan ko‘pirtirib oling. Mana bu linkda qaymoqni qanday ko‘pirtirishni to‘la tushuntirganman. Krem tayyor.
Tres Lechesni yakunlash
Siropni tortib olgan biskvitining ustiga kremni bir tekis qilib surkang. Tres Lechesning ustini ta’bga qarab gilos yoki malina bilan bezak bering.
Tres Leches tayyor. Uni darrov yoki keyinroq dasturxonga torting. Bu tort xolodilnikda 2-3 kungacha yaxshi saqlanadi.
E’tibor qiling:
Odatda tres leches tortining ustiga qandolat gilosi qo‘yiladi. Lekin men yangi mevalardan foydalandim.
Agar sizda bug‘langan sut topish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, unda sut va quyultirilgan sut miqdorini oshiring. Ozgina qaymoq ham qo‘shing.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana bir ajoyib Yaqin Sharq usulida tayyorlangan sutli tortning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com