Bu usulda pishgan brokkoli mazali bo‘ladi va hatto bolalarga ham yoqadi.
Kerakli mahsulotlar (1 dona brokkolini pishirish uchun):
- 1 dona brokkoli
- 1 dona chesnok tishi
- Yarimta limonning sharbati
- 2 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
- Tuz va murch
Brokkolini gullarga bo‘lib oling va yuvib, suvini yaxshilab silkib oling.
Endi tovaga 1 osh qoshiq zaytun yog‘ini quying va u qizigach brokkolini soling. Uni o‘rtacha olovda sal qizartirib oling.
Endi 70 ml atrofida qaynagan suv quyib, tovaning qopqog‘ini yoping. Olovni biroz pasaytiring.
Besh minut o‘tgach tovaning qopqog‘ini oching va olovni ko‘taring. Agar tovada biroz suv qolgan bo‘lsa u ham parlanib ketadi.
Endi yog‘ning qolgan qismini tovaga quying va mayda to‘rg‘algan chesnokni soling.
Chesnok bir-ikki minutda pishadi. Keyin limon sharbatini quyib, olovni o‘chiring.
Brokkoli tayyor. Uni garnir sifatida dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Brokkoliga suvni ko‘p quymang, unda brokkoli dimlanib pishgan ta’mli bo‘ladi va uncha shirin bo‘lmaydi.
Chesnokni oxirida solish, qo‘g‘irilgan ta’mni beradi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda sog’lom usulda pishirilgan boshqa sabzavotlarning retseptini ham topasiz. Masalan, yangi loviya pishirish retsepti.
Veb sahifa: www.juvajon.com