You are currently viewing Pogaca – turkcha nonushta

Pogaca – turkcha nonushta

Pogaca (o‘qilishi: pogacha) Turkcha  pishloq bilan to‘ldirilgan yog‘li non bo‘lib, u odatda nonushta uchun yeyiladi. Tayyorlash nisbatan oson.

Kerakli mahsulotlar (19 dona uchun):

Xamiriga

  • 400-450 gr atrofida un
  • 200 ml sut (1 stakan)
  • 200 ml o‘simlik yog‘i
  • 1 dona tuxum oqi (sarig‘i pogaca ustiga surkaladi)
  • 10gr xamirturush (дрожжи)
  • 2 osh qoshiq yumshoq margarin yoki sariyog‘
  • 7 gr shakar
  • 7gr tuz

Ichiga solish uchun

  • 300 gr feta pishlog‘i (yo‘q bo‘lsa tvorog yoki brinza)
  • 1 bog‘ ukrop
  • 1 bog‘ kashnich

Pogaca uchun xamir qorish

Idishda iliq sut, shakar va xamirturushni aralashtiring va 3-4 minut xamirturushni aktiv bo‘lishini kuting.

Xamirturush aktivlatish

Endi o‘simlik yog‘i, tuxum oqi, elangan un va tuzni solib xamir qoring. Bu xamir yog‘li bo‘lganligi uchun qo‘lga yopishmaydi.

Pogaca uchun mahsulotlar
Pogaca uchun xamir

Xamirning ustini o‘rab 1.5 soat atrofida oshiring.

Oshib chiqqan xamir

Pogaca uchun qiyma tayyorlash

Ko‘katlarni to‘rg‘ab, maydalangan pishloq bilan aralashtiring. Feta pishlog‘i tuzli bo‘lganligi uchun, tuz solish shart emas.

Feta pishlog'i va ko'katlar

Endi oshgan xamirni zuvalachalarga bo‘ling. Men 19ga bo‘ldim , lekin pogacani kattaroq qilsa ham bo‘ladi.

Xamir zuvalasi

Pogaca tugish

Bitta zuvalani yoyib oling 6sm atrofida. Keyin ikki yonidan rasmda ko‘rsatilganidek kesib oling.

Xamir zuvalasi
pogaca tugish

Ustiga ozgina yumshoq sariyog‘ surkang.

pogaca tugish

Endi pishloqli aralashmadan 1.5 osh qoshiq atrofida xamirning o‘rtasiga soling.

pogaca tugish

Keyin xamirning  eng chekka bir tomonini narigi oraliqning ichki tomoniga olib keling va yopishtiring.

pogaca tugish

Endi xamirning ikkinchi eng chekkasini ham shunday qilib narigi tomonga yopishtiring.

pogaca

Tugilgan pogacalarni listga terib olib (listga yog‘ surkash yoki fergament qog‘oz solish shart emas) ustiga ozgina sut aralashtirilgan tuxumning sarig‘ini surkang.

pogaca

Endi pogacani 200°C qizib turgan duxovkada 18 minut pishirib oling.

pogaca tayyor

Pishgan pogacalarni issiq yoki sovuqligida choy bilan dasturxonga torting.

pogaca tayyor

E’tibor qiling:

Pogacalarning ichiga kartoshkali pyure, zaytun pastasi va zaytun ham solsa bo‘ladi.

Tvorog ishlatilsa albatta tuz seping.

 Yog‘i ko‘p xamir uzoqroqda oshadi.

Pogacalar ertasi kuni ham mazali bo‘ladi, ularni isitish shart emas.

pogaca tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa yog‘li bulochkalarning ham retseptini topasiz. Masalan, kruassanning.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com