‘Cookie dough’ inglizchadan so‘zma-so‘z tarjimasi ‘pechenye xamiri’ mazmunini anglatadi, lekin inglizlar bu so‘z birikmasini aynan shu shirinlik uchun ham ishlatishadi. G‘arb mamlakatlarida bu dessert juda mashhur va uni ko‘p restoranlarda buyurish mumkin. Kuki dou hammaga yoqishiga sabab uning iliq keks va ustidagi muzqaymoq ta’mining bir-biriga mutanosibligidir.
Kerakli mahsulotlar (20×20 smlik – 4 portsiya):
- 150 gr un
- 100 gr sariyog‘ yoki margarin
- 75 gr shakar
- 30 ml sut
- 1-2 dona tuxum (hajmiga qarab)
- 70 gr mayda shokoladlar
- 0.5 choy qoshiq razrixlitel
- Ozgina vanillin
- Ozgina tuz
- 8 osh qoshiq muzqaymoq (vanilin ta’mligi ko‘proq mos tushadi)
- 2 osh qoshiq shokoladli sous (xohishga qarab)
Idishda yumshoqroq sariyog‘ va shakarni mikser yoki qo‘l venchigi bilan aralashtirib oling.
Endi uning ustiga sut, tuxum, vanillin va tuzni soling va yana mikser aralashtiring.
Buning ustiga elangan un, mayda shokoladlar va razrixlitelni soling va mikser bilan bir ikki aralashtiring.
Xamir tayyor bo‘ldi, uni yog‘langan qolipga tekis qilib qoshiq yordamida solib chiqing.
Endi kuki douni 180C°da qizib turgan duxovkada 15 minut pishiring.
So‘ngra 3-4 minut soviting, lekin juda sovib ketmasin. Keyin idhishlarga bo‘lib oling va ustiga muzqaymoq soling. Xohishga qarab ustiga ozgina shokoladli sous ham quysa bo‘ladi.
Men shokoladni issiq sut bilan eritib oldim. Sousni kakao bilan tayyorlash ham mumkin. Quyida shokoladli sous tayyorlash retseptini topasiz.
E’tibor qiling:
Kuki douga mayda shokolad bo‘lmasa, katta shokoladni bo‘lib solish mumkin.
Yana ba‘zi joylarda kuki douni pishgan idishining o‘zida ustiga muzaqaymoq qo‘yib dasturxonga tortiladi.
Kuki dou ning xamirini ertaroq tayyorlab, qolipda xolodilnikda saqlash mumkin. Kerak bo‘lgan paytda tezda pishadi. By mehmon kutayotganda juda qo‘l keladi.
Kuki dou sovib qolganda ham mazali bo‘ladi, lekin unda muzqaymoq bilan yeyiladigan dessert bo‘lmaydi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana bir ajoyib shokoladli dessert braunining ham retseptini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com