You are currently viewing Shved qiymalari (Swedish meatballs)

Shved qiymalari (Swedish meatballs)

Shved qiymalari dunyoga juda mashhur qiymali taomlardan biridir. Nomidan bilinib turgandek, kelib chiqish joyi Shvetsiya hisoblanadi. Qaymoqli sous va qiymaning birikmasi mazali taom yaratadi.

Kerakli mahsulotlar (4 portisya uchun):

  • 400 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 1 dona piyoz
  • 50 gr qotigan non maydasi (tolqon)
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 1 osh qoshiq sariyog‘
  • 200 ml achqimtir qaymoq yoki Smetana
  • Yarimta sabzavotlar zaxirasi
  • Yarim bog‘ petrushka
  • 3-4 dona qo‘ziqorin (xohishga qarab)
  • Ziravorlar: Muskat yong‘og‘i, murch, tuz

Qiymani tayyorlash

Avval mayda to‘rg‘algan piyozni tovada qo‘g‘irib oling.

Piyoz qo'g'irish

Endi qiymaning ustiga tolqonni, qo‘g‘irilgan piyozni, muskat yong‘og‘i, tuz va murch soling. Hammasini yaxshilab aralashtiring.

Shved qiymasi uchun mahsulotlar

Endi qiymadan to‘pcha yasab oling. Men shu miqdordan 20 dona yasadim. Odatda shved qiymalari katta bo‘lmaydi.

Qiyma

Tovaga yog‘ni quying. Qiymalarni qizigan tovada soling. Hamma tomonini qizartirib oling.

Qiyma
Qiyma

Ularni tarelkaga solib turing.

 Shved qiymalari uchun sous tayyorlash

Qiyma pishgan tovaga sariyog‘ni soling. Ustiga lappaklangan qo‘ziqorinni solib qo‘g‘iring.

Qo'ziqorin

Endi 1 osh qoshiq un qo‘shing va qo’g’iring. Sabzavotlar zaxirasini 0.5 litr qaynagan suv bilan eritib oling. Uni ham tovaga quying.

Shved qiymasi va sous

Tovaning qopqog‘ini yoping. Qiymalarni 20 minut davomida pishiring.

15 minut o‘tgandan so‘ng tovaga qaymoqni soling va aralashtirib yana 5 minut pishiring.

Shved qiymasi va sous

Endi olovni o‘chiring. Ustiga mayda to‘rg‘algan petrushkani qo‘shing.

Shved qiymalari  tayyor. Uni qaynatilgan kartoshka bilan dasturxonga torting.

Odatda u klyukvali jem bilan dasturxonga tortiladi.

Shved qiymasi

E’tibor qiling:

Shved qiymalariga odatda qo‘ziqorin qo‘shilmaydi. Lekin qaymoqli sousda qo‘ziqorin juda mazali pishadi, shuning uchun men doim qo‘shaman.

Shved qiymasi

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda Italyancha qiymalarning retseptin ham ko‘ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com