You are currently viewing Kremli ponchiklar, yoki ‘doughnuts’

Kremli ponchiklar, yoki ‘doughnuts’

Blogda oldin ham ponchiklarning retsepti bilan bo‘lishganman. Bu safargi retsept ularning ichiga krem to‘ldirilgan turidir. Bu ponchiklar eng sevimli shirinliklaringizdan biriga aylanishiga ishonchim komil.

Kerakli mahsulotlar (8 dona ponchik uchun):

Xamiriga:

  • 200 ml sut
  • 1 dona tuxum
  • 300 gr un
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 1 choy qoshiq xamirturush (droja)
  • 20 ml eritilgan sariyog‘ yoki margarin
  • Ozgina tuz

Kremi uchun:

  • 300 ml sut
  • 1.5 osh qoshiq un
  • 1 dona tuxum
  • 100 gr shakar
  • Ozgina vanilin

Ustiga sepish uchun:

Mayda shakar yoki eritilgan shokolad yoki shakarli glazur

Qo‘g‘irish uchun: 0.5 litr o‘simlik yog‘i

Ponchik uchun xamir tayyorlash

Buning uchun iliq sut, shakar va xamirturushni aralashtirib olamiz.

Keyin ularning ustiga tuxum va eritilgan margarinni qo‘shamiz.

ponchik uchun xamir tayyorlash

Endi elangan un va tuzni qo‘shib yumshoq xamir qoramiz. Xamirga yaxshilab ishlov beramiz. Ustini o‘rab 1 soat davomida oshiramiz.

ponchik uchun xamir tayyorlash

Ponchik uchun krem tayyorlash

Krem uchun kerakli hamma mahsulotlarni qozonchaga solamiz.

Zavarnoy krem tayyorlash

So‘ngra o‘rtacha balandlikdagi olovga qo‘yamiz. Krem quyulguncha tinmay aralashtiramiz. Krem quyulgach olovni o‘chiramiz.

Zavarnoy krem tayyorlash

Uni boshqa idishga quyib olamiz. Ustini sellofan bilan . Sellofan kremning ustiga tegib turishi kerak.

Zavarnoy krem tayyorlash

Endi oshib chiqqan xamirni 1.5 sm balandlikda un sepilgan yuzada yoyib olamiz.

Ponchik uchun xamir

Keyin doira shaklidagi narsa bilan kesib olamiz. Men stakandan foydalandim. Orasidan chiqqan xamirni yana zuvala qilib yoyib olamiz.

Ponchik uchun xamir

Shakl berilgan ponchiklarning ustini o‘rab yana 20 minut tindiramiz.

Ponchik uchun xamir

Ponchik pishirish

Kichkina tovaga yog‘ni quyamiz (qancha yog‘ quyish tovaning kattaligiga bog‘liq).

Qizigan yoqqa 2 yoki 3 tadan ponchiklarni solib o‘rtacha olovda ikkala tomonini qizartirib pishiramiz.

ponchik qo'g'irish

Pishib chiqqan ponchiklarni qog‘oz sochiqqa qo‘yamiz. Ortiqcha yog‘ini tortib oladi.

ponchik qo'g'irish

Keyin ularni sovitishga qo‘yamiz. Agar ponchiklarning ustiga mayda shakar sepilsa, unda issiqligida sepish kerak. Men bir qismiga sepdim.

ponchiklar

Ponchiklar biroz sovigach, ularning bir chekkasidan teshib olamiz (rasmga qarang). Buning uchun men cho‘pdan foydalandim. Cho‘pni kirgizib, biroz aylantirilsa teshik sal kattalashadi.

Endi kremni konditer qopchasiga solamiz. Ponchiklarning ichini krem bilan to‘ldiramiz.

ponchiklar

Ponchiklar tayyor.Ularni shunday dasturxonga ham tortsa bo‘ladi yoki ta’bga qarab bezatish mumkin. Men pochiklarning bir nechtasini eritilgan shokoladga botirib oldim.

ponchiklar

Yana bir qismini esa shakarli glazurga botirdim. Bezatilgan ponchiklar ayniqsa yosh bolalarga juda yoqadi.

ponchiklar

Shakarli glazurni tayyorlash

Buning uchun bitta tuxum oqini ko‘pirtiring (men quritilgan tuxum oqidan foydalandim) va keyin uning ustiga 5-6 osh qoshiq shakar kukunini qo‘shing va yana biroz ko‘pirtirib oling.

shakarli glazur tayyorlash
shakarli glazur tayyorlash
ponchiklar

E’tibor qiling:

Ponchiklarning xamiriga ko‘p un solmang, bo‘lmasa ular yumshoq bo‘lmaydi.

Me’yorida oshirilgan xamir bilan ishlash juda oson bo‘ladi.

Ponchiklarning ichini murabbo, quyultirilgan sut, yoki shokoladli pasta bilan ham to‘ldirish mumkin.

ponchiklar

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda ponchiklarning kremsiz tayyorlanadigan turining retseptini  va ham topasiz. Yana krem bilan to‘ldirilgan trubochkilarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com