You are currently viewing Revizia – Grekcha no‘xatli sup

Revizia – Grekcha no‘xatli sup

Grekchadan o‘qilishi “Revithia” (ya’ni, z yumshoq aytiladi).  Grekcha no‘xatli sup  oqsil, vitamin va foydali yog‘larga boydir. Unga qo‘shilgan limon ovqatga ajoyib yengil sitrus ta’mini beradi. No‘xatli sup vegetarian va veganlar uchun ham to‘g‘ri keladigan retsept.

Kerakli mahsulotlar (6-7 portsiya uchun):

  • 500 gr no‘xat (xomi)
  • 1 dona piyoz
  • 2 dona sabzi
  • 2 dona seldr (сельдерей)
  • 1 dona limonning zesti (po‘chog‘i) va sharbati + 2 osh qoshiq limonning sharbati
  • 3-4 qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
  • Ozgina rozmarin (agar bo‘lsa)
  • 1 dona tovuq yoki sabzavotlar ziravori (masalan Maggi kubiklari)
  • Tuz va murch
  • Ozgina ukrop (xohishga qarab)

Eng avval no‘xatni yuvib tuz solingan sovuq suvga kamida 6 soatga ivitib qo‘yamiz (men kechasi bilan ivitaman). Ertasiga no‘xatni yaxshilab yuvib tashlaymiz (tuzini chiqarib yuborish uchun).

Hamma sabzavotlarni mayda kubik qilib to‘rg‘ab olamiz.

Revizia - Grekcha no‘xatli sup mahsulotlar

Endi qozonga 1-2 qoshiq zaytun yog‘idan quyamiz va to‘rg‘algan sabzavotlarni hammasini teng qozonga solamiz.

no‘xatli sup qo‘g‘irish

Ularni biroz qo‘g‘irib limonning zesti va sharbatini, rozmarin va murch qo‘shamiz.

no‘xatli sup qo‘g‘irish

Keyin no‘xatni solib ozgina qo‘g‘iramiz.

no‘xatli sup qo‘g‘irish

Uning ustiga tovuq ziravorini 2 litr qaynagan suv bilan eritib quyamiz.

no‘xatli sup qaynatish jarayoni

No‘xatli sup qaynashni boshlaganidan so’ng uni o‘rta olovda 1.5-2 soat yoki no‘xatlar yumshagunicha qaynatamiz. Men qozonning qopqog‘ini yarim yopib qaynataman.

Vaqt o‘tgach no‘xatning yumshoqligini tekshirib, keyin tuz solamiz. Endi olovni o‘chiramiz. No‘xatli Ssp tayyor lekin hali u yetarlicha quyuq emas. Keyingi jarayon xohishga qarab. Agar supni suyuq xohlasangiz uni dasturxonga shunday tortish mumkin . Asl retseptda sup ilashimlik bo‘ladi. Buning uchun supdan ikki cho‘mich blenderga solamiz va 2 osh qoshiq zaytun yog‘i va 2 osh qoshiq limonning sharbatini qo‘shib blender bilan aylantirib olamiz va uni qayta qozonga quyib supning qolgan qismi bilan aralashtiramiz. Blender yo‘q bo‘lsa vilka yoki pyure qiladigan asbob bilan ham ezish mumkin.

Revizia - Grekcha no‘xatli sup tayyorlash

Supni 5 minut tindirib, idishga solamiz va ukrop sepib dasturxonga tortamiz. Odatda bu no‘xatli sup dasturxonga qo‘shimcha limon va zaytun yog‘i bilan birgalikda qo‘yiladi. Kerak bo‘lsa hamma o‘zi yana limonning sharbati va zaytun yog‘idan qo‘shib olish uchun.

Odatda bu sup dasturxonga qo‘shimcha limon va zaytun yog‘i bilan birgalikda qo‘yiladi.  Kerak bo‘lsa hamma o‘zi yana limoning sharbati va zaytun yog‘idan qo‘shib olish uchun.

no‘xatli sup

E’tibor qiling:

No‘xatning uyitganda solingan tuzini yaxshilab chayib yuboring, bo‘lmasa uning yumshashi juda qiyin bo‘ladi.

No‘xat yumshamagunicha tuz solmang.

Revizia - Grekcha no‘xatli sup

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda go’shtsiz tayyorlanadigan yana bir mazali supning retseptini ham ko’ring. Yana blogda ko’p grek taomlarining retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com