You are currently viewing Silbir, yoki turkcha nonushta

Silbir, yoki turkcha nonushta

Silbir turk oshxonasi taomidir. U odatda nonushta yoki yengil tushlik uchun tayyorlanadi. Silbir tayyorlashga oson, hamda sog‘lom taomdir. Marhamat, retsepti bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar (2 portsiya uchun):

  • 2 dona tuxum
  • 200 ml quyuq qatiq yoki grekcha yogurt
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 1 osh qoshiq bulg‘or qalampir maydasi
  • 2 osh qoshiq sariyog‘
  • 1 dona chesnok tishi
  • Ozgina kashnich urug‘ kukuni
  • 1 osh qoshiq sirka (uksus)

Qatiqni tayyorlab olamiz.

Buning uchun xona haroratidagi qatiqni maydalangan chesnok bilan aralashtiramiz. Ta’bga qarab tuz va murch sepamiz. Keyin ikkita idishga teng bo‘lamiz. Ustiga 1 osh qoshiq zaytun yog‘idan quyamiz.

Qatiq va chesnok
Qatiqli sous

Sariyog‘ni tayyorlash

Qozonchaga sariyog‘ni solamiz. U erigach ustiga qalampir maydasi va kashnich urug‘i kukuni solamiz.

Silbir uchun sous
Silbir uchun sous

Hammasi aralashgach, bir chetga surib qo‘yamiz.

Tuxumni tayyorlash

Buning uchun qozonchada suv qaynatamiz va unga uksusni solamiz. Keyin chaqilgan tuxumlarni solamiz.

Tuxum qaynatish
Tuxum qaynatish

Tuxum o‘zingiz xohlagan darajaga yetganda uni suvdan chiqaramiz va qog‘oz salfetkaga qo‘yamiz. Mana bu linkda tuxumni qanday qilib po‘choqsiz qaynatish mumkinligini to‘la tushuntirganman.

Silbirning hamma qismlari tayyor, endi ularni birlashtiramiz. Idishdagi qatiqning ustiga tuxumning bittasini solamiz. Keyin ustiga sariyog‘li aralashmaning bir qismini quyamiz.

silbir

Eng tepasiga esa ozgina 1 osh qoshiq zaytun yog‘idan quyamiz. Tayyor silbirni non bilan dasturxonga tortamiz.

silbir

E’tibor qiling:

Silbirga achchiq qalampir maydasidan ham solish mumkin.

silbir

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda nonushta uchun boshqa retseptlarni ham ko‘ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com