Smuzi deb mevalar va sabzavotlardan tayyorlangan ichimlikka aytiladi. Smuzining suyuq qismi sut, sharbat yoki suvdan bo‘ladi. Smuzi vitamin va minerallarga to‘la. Quyida smuzining 4 xil turining retseptini bo‘lishaman. Ular nonushta o‘rnini bosa oladi. Smuzi oxirgi 10 yil ichida juda keng tarqalgan taomlardan hisoblanadi.
Birinchi turi
- 60 ml olma sharbati, yarimta bodring, yarimta avokado, bir hovuch ismaloq, 60 ml qatiq yoki yogurt.
Ikkinchi turi
- 50 gr suli, 60 ml ananas sharbati, yarimta banan (muzlatilgan yoki yangi turi), 50 gr atrofida ananas va 60 ml qatiq yoki yogurt
Uchinchi turi
- 100 gr atrofida har xil muzlatilgan rezavor mevalar, 60 ml sut, 60 ml qatiq yoki yogurt
To‘rtinchi turi
- 60 ml apelsin sharbati, yarimta qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi, 1 dona apelsin yoki mandarin, yarimta olma, 60 ml qatiq yoki yogurt
Hamma mahsulotlarni blenderga soling va aralashtiring. Smuzi tayyor.
Ta‘bga qarab asal ham solish mumkin.
E’tibor qiling:
Smuzini boshqa mevalar va sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin.
Sport bilan shug‘ullanuvchilar smuziga oqsil qurug‘idan ham solishi mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana bir mazali nonushta – parfaitning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com