You are currently viewing Osetiya pirogi – karamli pirog

Osetiya pirogi – karamli pirog

Bu pirog Osetiya oshxonasiga tegishlidir. U pishloq va sabzavotlar aralashmasidan tayyorlanadi.Osetiya pirogi uchun sabzavotlardan asosan karam yoki ko‘katlar ishlatiladi. Osetiyada bu pirog dasturxonga uch donadan qo‘yiladi. Bular yer, osmon va quyoshni bildiradi. Vegetarian, mazali va oson retsept.

Kerakli mahsulotlar (3 dona 30 smli pirog uchun):

Xamiriga:

  • 600-700 gr un
  • 200 ml sut
  • 100 ml suv
  • 7-8 gr xamirturush
  • 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1 choy qoshiq tuz

Pirog ichini to‘ldirish uchun:

  • 1 dona karam
  • 200 gr feta pishlog‘iyoki brinza
  • 1 dona piyoz
  • 200 gr cheddar yoki shunga o‘xshash qattiq psihloq turi
  • 2-3 dona ko‘k piyoz
  • Tuz va murch
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i

Pirog uchun xamir qorish

Avval iliq suvga ozgina un soling. Keyin unga xamirturush va shakar aralashtiring. Aralashmani 5-10 minut qoldiring, xamirturush ishga kirishi uchun.

Osetiya pirogi uchun xamir qorish

Vaqt o‘tgach aralashmaga unning qolgan qismini, tuz va sutni quying. Suyuqroq xamir qoring. Xamir qo‘lga yopishoqoq va biroz suyuqroq bo‘lishi kerak.

Osetiya pirogi uchun xamir qorish

Unga biroz ishlov bering. Endi o‘simlik yog‘ini oz-ozdan quyib, qo‘l bilan xamirga ishlov berishda davom eting. Yog‘ quyilgandan so‘ng xamir qo‘lga yopishmaydigan bo‘lib qoladi.

Osetiya pirogi uchun xamir qorish
xamir

Endi xamirning ustini o‘rab 1 soat davomida oshiring. Bu vaqtda qiymani tayyorlab turing.

Osetiya pirogi uchun qiyma tayyorlash:

Tovaga yog‘ni quying. Qizigach mayda to‘rg‘algan piyoz va ko‘k piyozni soling.

karam

Ular biroz qo‘g‘irilgach, mayda to‘rg‘algan karamni ham soling. Karam yumshaguncha past olovda ustini yopib pishiring. Ta’bga qarab tuz va murch soling.

karam

Endi olovni o‘chirib qiymani sovitish uchun bir chetga surib qo‘ying.

Karam sovigach uning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni soling.

pishloq

Osetiya pirogini tugish

Yana xamir bilan ishlashga qayting. Oshib chiqqan xamirni yog‘langan yuzaga qo‘ying. Uni 3ga bo‘lib oling.

osetiya pirogi uchun xamir

Endi bitta xamirni olib, yog‘langan qo‘l bilan biroz yoyib oling. Yoyilgan xamirning o‘rtasiga qiymaning 1/3 qismini soling. Chetlarini bitta joyga olib keling (rasmga qarang).

osetiya pirogi tayyorlash

Keyin xamirni yog‘langan listning ustiga qo‘ying. Qo‘l bilan 30 sm atrofida ehtiyotkorlik bilan yoyib oling.

osetiya pirogi tayyorlash

Pirogning o‘rtasiga kichkina teshik qiling, bug‘ chiqib ketish uchun.

osetiya pirogi tayyorlash

Osetiya pirogining ustini biroz yog‘lab 220-230°Cda qizib turgan duxovkada 15 minut davomida yoki usti och tilla rang bo‘lguncha pishiring.

osetiya pirogi

Ishib chiqqan pirogning ustiga sariyog‘ surkang. Pirogning qolganlarini ham shu usul bilan pishirib oling.

Piroglar tayyor, ularni issiqligida dasturxonga torting. Bu pirog yengil va mayin bo‘ladi.

E’tibor qiling:

Pirogning xamiriga ko‘p un solib yubormang. Bo‘lmasa pirogning xamiri mayin bo‘lmaydi.

Bu pirogning asl retsepti osetiya pishlog‘i bilan tayyorlanadi. Lekin osetiya pishlog‘ini topish ancha mushkul. Shuning uchun men cheddar va feta pishlog‘idan foydalandim, bu pirogning mazasiga ta’sir qilmaydi.

osetiya pirogi

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana go‘shtli pirog yoki qiymali naanning ham retseptini topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com