Almondine Amerikada keng tarqalgan salatlardan biridir. U tayyorlash juda oson, sog‘lom va mazali salatdir.
Kerakli mahsulotlar (3-4 portsiya uchun):
- 300 gr yangi loviya
- 100 gr bodom
- 2 dona chesnok tishi
- 10 gr sariyog‘
- 1-2 dona piyoz (hajmiga qarab)
- 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
- Tuz va murch
Yarim uzum qilib to‘rg‘algan piyozni va to‘rg‘algan chesnokni, qizib turgan zaytun yog‘ida qo‘g‘irib oling. Piyoz to‘q tilla rang bo‘lgunicha qo‘g‘iring.
Keyin uni alohida idishga olib turing.
Qozonchada yangi loviyani 2-3 minut davomida tuzli suvda qaynatib oling. Keyin uni sovuq suvda chayyib oling. Bu uni ortiqcha pishib ketishini oldini oladi.
Sariyog‘ni tovada eritib oling. Keyin unga parraklangan bodomlarni soling va qo‘g‘iring. Bodomning hidi chiqa boshlaganda, unga yangi loviyani qo‘shing. Hammasini bir-ikki aralashtiring. Yashil loviya biroz isigach almondini tayyor bo‘ladi.
Uni idishga soling va ustiga qo‘g‘irilgan piyozni seping.
Almondine tayyor uni yangiligida dasturxonga torting,
E’tibor qiling:
Salatga ta’bga qarab tuz va murch seping.
Yashil loviyani ko‘p qaynatib yubormang. Bu salat uchun u chala pishishi kerak.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda ko‘p qiziqarli va sog‘lom salatlarning retseptini topasiz. Masalan, niçoise salati yoki yangi loviyani sog‘lom usulda pishirish.
Veb sahifa: www.juvajon.com