Losos‘ (лосось) odam uchun juda foydali bo‘lib, unda kerakli yog‘lar, oqsil va minerallar juda ko‘p. Losos‘ni haftada ikki marta tanovul qilish tavsiya etiladi. U pishirishga oson baliq hisoblanadi. Losos‘ni pishirish yo‘llari ko‘p. Bugun oson usullarining biri bilan tanishtiraman.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 4 bo‘lak losos‘
- 3 osh qoshiq zaytun yog‘i
- Yarimta limon
- 3 dona chesnok tishi
- Tuz va murch
- Ozgina kekik (yangisi yoki quritilgani)
Losos‘ni pishirishdan oldin xona haroratiga olib keling. Ustiga ta’bga qarab tuz, murch va kekik seping.
Endi yog‘ni tovaga quying. U qizigach, tovaga baliqni soling. Bir tomoni qizargach ikkinchi tomoniga ontaring.
Qizargan tomoniga maydalangan chesnokni seping.
Ikkinchi tomoni ham qizargach, birinchi qizargan tomoniga ontaring. Bu tomoniga ham chesnokning qolgan qismini seping. Yana qayta ontaring. Hammasi bo‘lib bir tomoni ikki marta ontariladi. Bundan maqsad chesnokni pishirish. Agar chesnok birinchi ontarishdan oldin sepilsa, u baliq go‘shti pishgunicha kuyib ketishi mumkin. Go‘shtning qalinligiga qarab losos‘ pishishiga 10-13 minut ketadi. Men qalinroq kesilgan go‘shtdan foydalandim, shuning uchun 13 minutda pishdi.
Pishgan go‘shtni tovadan oling. Ustiga limonning sharbatini quying.
Uni 3-4 minut dam yedirib, issiqligida dasturxonga torting. Men yoniga almondine tayyorladim.
E’tibor qiling:
Losos‘ tezda pishadi. Uni ko‘p pishirib yubormang. Bo‘lmasa u quruq bo‘lib qoladi.
E’tibor qiling:
Blogda yana boshqa baliq turlarini sog‘lom usulda pishirsh retsetlarini topasiz. Masalan, florentine usuli.
Veb sahifa: www.juvajon.com