You are currently viewing Inglizcha maffinlar (English muffins)

Inglizcha maffinlar (English muffins)

Inglizcha maffinlar, nomidan bilib turganidek, Angliyadan kelib chiqqan. Ular AQSHda 1880 yillarda sotila boshlagan. Hozirda inglizcha maffinlar Shimoliy Amerika va Avstraliyaliklarning ham sevimli nonlaridan biriga aylangan. Odatda u nonushtaga iste’mol qilinadi. Juda mazali va oson retsept.

Kerakli mahsulotlar (8 dona maffinlar uchun):

  • 300 gr un
  • 200 ml sut
  • 6 gr xamirturush (droja)
  • 30 gr margarin yoki sariyog‘
  • 6 gr tuz
  • 30 gr shakar
  • 2-3 osh qoshiq mannaya krupa

Inglizcha maffinlar uchun xamir qorish

Idishga un, tuz va xamirturushni soling. Tuz va xamirturush bir-biridan uzoqqa solinsin. Ularni bir aralashtiring.

Inglizcha maffinlar uchun  kerakli mahsulotlar

Endi yumshoq margarinni va shakarni qo‘shing.

Inglizcha maffinlar uchun  kerakli mahsulotlar

Eng oxirida esa iliq sutni quyib, yumshoq xamir qoring. Xamir qo‘lga yopishqoq bo‘ladi.

Inglizcha maffinlar uchun xamir qorish

Keyin stolning ustiga un sepib, xamirni ontaring. Xamirga unlangan qo‘l bilan 10 minut atrofida ishlov bering.

Endi idishni yog‘lab, xamirni unga soling. Uning ustini o‘rab iliq joyda bir soat davomida oshiring.

non uchun xamir

Maffin pishirish

Oshib chiqqan xamirni mannaya krupa va un sepilgan stolning ustiga qo‘ying.

Inglizcha maffinlar uchun xamir

Keyin uni qo‘l yoki juva bilan 2 sm qalinlikda yoyib oling. Men xamirning ichidagi havoni chiqarib yubormaslik uchun qo‘l bilan yoydim. Endi dumaloq idish bilan maffinlar kesib oling.

Men 4 dona maydaroq va 4 dona kattaroq kesdim. Ortib qolgan xamirni ham dumaloq qilib qo‘ydim.

Keyin maffinlarni mannaya krupa va un sepilgan idishga terib, ustini o‘rab 30 minut oshiring.

Inglizcha maffinlar uchun xamir

Vaqt o‘tgach tovani qizdiring. Keyin ozgina mannaya krupa seping. Endi uning ustiga maffinlarni qo‘ying.

Maffinlarning har bir tomonini 4 minut davomida, o‘rtacha olovda pishiring. Ya’ni, ikki tomoniga 8 minut atrofida vaqt ketadi.

Inglizcha maffinlar pishirish

Maffinlar pishgach ularni to‘la soviting. Keyin dasturxonga torting.

Inglizcha maffinlar

Bu maffinlar odatda o‘rtasidan bo‘linib toast qilinadi. Agar sizda toaster yo‘q bo‘lsa unda tovada o‘rtasini qizartirib olinsa bo‘ladi. Keyin sariyog‘ yoki murabbo bilan dasturxonga torting.

Yana bu ingliz mafinlari ‘eggs benedict’ taomi uchun ham ishlatiladi. Blogda ‘eggs benedict’ning retseptini  kutib qoling.

E’tibor qiling:

Maffinlarning xamiriga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa ular qattiq bo‘lib qoladi.

Inglizcha maffinlar

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda bagel va pretzelning retseptlarini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com