You are currently viewing Sog‘lom nonushta – sulidan kasha

Sog‘lom nonushta – sulidan kasha

Sog‘lom nonushta deyilishi uchun taomda oqsil, tez va sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar, foydali yog‘lar bo‘lishi kerak. Yana sog‘lom nonushta mineral moddalarga va vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Bu retsept bilan tayyorlangan kashada yuqorida sanalgan hamma xususiyatlar bor. Ustiga-ustak bu nonushtani tayyorlash juda oson va oldindan tayyorlab qo‘yiladi.  Shuning uchun bu taom band, lekin sog‘lom nonushta qilishni xohlaydiganlar uchun juda qo‘l keladi.

Kerakli mahsulotlar (5-6 portsia uchun):

  • 250 gr suli
  • 2 osh qoshiq dolchin maydasi
  • 250 ml sut
  • 100 ml oddiy yogurt yoki shirin qatiq
  • 3 osh qoshiq chia urug‘i (xohishga qarab)
  • 2 osh qoshiq kakos maydasi (xohishda qarab)
  • 3- 4 choy qoshiq asal

Ustiga qo‘yish uchun: banan, ho‘l mevalar, har xil yong‘oqlar

Idishda suli, tuz, chia urug‘i, dolchin va kakos maydasini aralashtiring.

Sog‘lom nonushta uchun kerakli mahsulotlar

Ularning ustiga sut va yogurtni quying. Hammasini aralashtirib, kechasi bilan xolodilnikda tindiring. Kechasi bilan suli suyuqlikni tortib oladi. Natijada u yumshab qoladi.

Sog‘lom nonushta tayyorlash

Ertalab kashani idishlarga bo‘ling. Ustiga xohishga qarab mevalar va yong‘oqlar qo‘ying. Eng tepasiga esa ozgina asal soling. Men ba’zilariga rezavor mevalar, ba’zilariga esa yong‘oqlar qo‘shdim.

Sog‘lom nonushta tayyor. Uni dasturxonga torting.

sulidan pishirilmaydigan kasha

E’tibor qiling:

Bu sog‘lom nonushtani usti yopiq idishda ish yoki o‘qishga olib ketish mumkin.

Bu kasha sovuq holida iste’mol qilinadi.

Men sulining mayda turidan foydalandim. Agar sizda uning katta turi bo‘lsa, maydalab oling.

Bu sog‘lom nonushtani bir marta tayyorlab qo‘yib, besh kungacha iste’mol qilish mumkin. Faqat xolodilnikda saqlash kerak. Muzlatish mumkin emas.

Yana  sog‘lom nonushtaga yong‘oqlar pastasidan qo‘shish mumkin. Masalan, yer yong‘oq yoki bodom pastasidan.

sulidan pishirilmaydigan kasha

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa sog‘lom nonushtalarning retseptlarini ham ko‘ring. Masalan, ovsyankali pecheneye yoki granola va parfait.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com