Dinner rolls odatda kechki taomdan oldin sariyog‘ bilan dasturxonga tortiladi. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan non juda mazali va yumshoq chiqadi. Juda oson retsept.
Kerakl mahsulotlar (12 dona non uchun):
- 500 gr atrofida un
- 3 osh qoshiq eritilgan sariyog‘ yoki margarin
- 1 dona tuxum
- 7 gr xamirturush
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 choy qoshiq shakar
- 300 ml iliq sut
Idishda iliq sut va sariyog‘ni aralashtirib oling. Alohida idishda esa un, shakar, xamirturush va tuzni aralashtirib oling.
Endi suyuq aralashmani quruq mahsulotlarning ustiga quying. Ularga tuxumni ham qo‘shing. Yumshoq xamir qoring.
Xamirga yaxshilab ishlov bering. Keyin ustini o‘rab shabboda yo‘q joyda oshiring.
Oshib chiqqan xamirni 12 taga bo‘lib oling. Ularni dumaloqlab chiqing.
Bu dinner rollarni un sepilgan listga tering. Endi ustini o‘rab, yana 50-60 minut atrofida oshiring.
Dinner rolls oshib chiqqach, uning ustiga tuxum sarig‘i va sutni aralashtirib surkang. Endi ularni 190⁰C da qizib turgan duxovkada 20-25 minut davomida pishiring.
Pishib chiqqan dinner rollning ustiga eritilgan sariyog‘ surkang. Endi biroz sovitib, dasturxonga torting. Odatda bu nonlar sariyog‘ bilan birgalikda dasturxonga tortiladi.
E’tibor qiling:
Bu nonning xamiriga ko‘p un solib yubormang. Bo‘lmasa nonlar mayin bo‘lib pishmaydi.
Men xamirni duxovka yoki mikro-to‘lqinli pechning ichida oshirishni yoqtiraman, albatta ular o‘chirilgan holatda.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa mazali nonlarning ham retseptini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com