You are currently viewing Duxovkada pishirishgan losos‘ (лосось)

Duxovkada pishirishgan losos‘ (лосось)

Duxovkada pishirishgan losos‘ mazali va sog‘lom taomdir. Quyida men uni butun pishirishni tushuntiraman. Lekin bu usul bilan baliqning boshqa turlarini ham tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar (1 dona 2 kgli baliq uchun):

  • 1 dona losos‘ (лосось)
  • Yarim bosh petrushka
  • 1 dona limon
  • 3 dona lavr bargi
  • 2-3 dona chesnok tishi
  • 1 dona piyoz
  • 3 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • Ozgina tarxun (men qurug‘idan foydalandim)
  • Tuz va murch

Baliq xona haroratida bo‘lishi kerak.

Duxovkada pishirishgan losos‘ (лосось) kerakli mahsulotlar

Tozalangan baliqni umurtqasi joylashgan tomonidan 3 sm qalinlikda kesib olamiz. Lekin baliqni oxirigacha kesib yubormang, rasmga qarang.

Endi uni folga yoki fergament qog‘ozi solingan listga qo‘yamiz.

Keyin tuz va murch sepamiz.

Endi to‘rg‘algan piyoz, limon, chesnok, ko‘katlar va lavr bargini baliqning kavagiga joylaymiz.

Duxovkada pishirishgan losos‘ (лосось)

Tepasiga zaytun yog‘ini quyamiz.

Endi uni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 50-60 minut davomida pishiramiz. Vaqt baliqning katta kichikligiga bog‘liq.

Duxovkada pishirishgan losos‘ biroz tingach, dasturxonga tortamiz. Uni yoniga har xil sabzavotlar ham tayyorlash mumkin.

E’tibor qiling:

Losos‘  go‘shtini ortiqcha pishirib yubormang, bo‘lmasa u quruq bo‘lib qoladi.

Duxovkada pishirishgan losos‘ (лосось)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda tovada losos‘ pishirishning retseptini ham topasiz. Yana, boshqa baliq turlarining pishirish retseptlari ham bor. Masalan, florentine usulida yoki inglizcha usulda.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com