You are currently viewing Iskander kabob (Ajoyib turk taomi)

Iskander kabob (Ajoyib turk taomi)

Iskander kabob Turkiyaning shimoli-g’arbiy qismida eng taniqli taomlardan biridir. Uning nomi XIX asr oxirida Bursada yashagan oshpaz Iskender Afendidan olgan. Bu taomini mazasi o‘zgacha bo‘ladi. Tayyorlab ko‘rishni tavsiya etaman.

Kerakli mahsulotlar (3 portsiya uchun):

Iskander kabob uchun:

  • 500-600 gr mol go‘shti (lahm joyi)
  • 200 ml pomidor sharbati
  • 1 osh qoshiq tomat
  • 3 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 1 osh qoshiq bulg‘or qalampir qurug‘i
  • 200 ml qatiq
  • 3 osh qoshiq sariyog‘ (сливочное масло emas)
  • 1 ta chesnok tishi
  • Yarim bosh petruska
  • Tuz va murch
  • Yarimta pide noni (retseptini bu linkda topasiz)

Ishni pide noni tayyorlashdan boshlaymiz. Men pide nonini bir-ikki kun oldin tayyorladim. Chunki iskander kabob uchun biroq suvi qochgan non kerak bo‘ladi.

Iskander kabob tayyorlash

Go‘shtni yupqa qilib to‘rg‘ab oling.  Go‘shtni 40 minut atrofida muzxonaga solib qo‘yilsa uni yupqa parraklash oson bo‘ladi.

Iskander kabob uchun go'sht kesish

Endi qozonchaga 1 osh qoshiq sariyog‘ni soling. U erigach ustiga tomatni qo‘shing. Ularni biroz aralashtiring. Keyin ustiga pomidor sharbatini quying va bulg‘or qalampir maydasi soling. Tuz va murch ham qo‘shing. Bu aralashmani o‘rtacha olovda 20 minut atrofida pishiring.

Iskander kabob uchun sous tayyorlash

Tovaga 1 osh qoshiq zaytun yog‘i quying. U qizigach ustiga tuz a murch sepilgan go‘shtni bir qismini solib, ikkala tomonini 1 minut atrofida pishirib oling. Go‘sht yupqa emasmi, u bir zumda pishadi. Pishgan go‘shtni tarelkaga solib turing. Go‘shtning qolgan qismini ham shu usulda pishirib oling.

go'sht qo'g'rish

Endi go‘sht pishgan tovaga zaytun yog‘ining qolgan qismini quying. Ustiga mayda to‘rg‘algan pide nonini soling va uni ham qo‘g‘irib oling. Non qo‘g‘irilgach uni ham tovadan chiqaring.

pide

Qatiqni tuz, murch, mayda to‘rg‘algan chesnok va petrushka bilan aralashtirib oling.

Sariyog‘ni eritib oling. Iskander kabobni hamma qismlari tayyor. Uni ularni idishga terib olish kerak.

Avval nonni tering. Ustidan qatiqni quying.

Iskander kabob tayyorlash

Keyin go‘shtni, tepasidan esa tomatli sousni quying. Eng tepasiga eritilgan sariyog‘ni quying.

Iskander kabob tayyorlash

Iskander kabob tayyor. Uni issiqligida dasturxonga torting.

Iskander kabob

E’tibor qiling:

Go‘shtni uzoq pishirib yubormang. Bo‘lmasa u quruq bo‘lib qoladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa kaboblarning retseptini ham topasiz. Masalan, qozonda turkcha kabob, baqlajonli kabob yoki fors usulida tovuq go‘shtidan kabob.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com