You are currently viewing Falafel -oqsilga boy go‘shtsiz taom

Falafel -oqsilga boy go‘shtsiz taom

Falafel dunyoga mashhur Yaqin Sharq taomi bo‘ladi. U oqsilga boy vegetarian taomdir. Falafelni hozirda ko‘p mamlakatlarda uchratish mumkin. Falafelni tayyorlash, biroz tayyorgarlik talab etsada, uni tayyorlash oson. Asl falafel retsepti.

Kerakli mahsulotlar (24 dona falafel uchun):

  • 500 gr xom no‘xat
  • 1 dona piyoz
  • 2-3 dona chesnok tishi
  • Yarim bosh petrushka
  • 1 choy qoshiqdan zira va kashnich urug‘i
  • Yarim choy qoshiq ichimlik sodasi
  • 1 osh qoshiq un
  • Yarimta limonning sharbati
  • Tuz va murch
  • 500 ml o‘simlik yog‘i (qo‘g‘irish uchun)

Ishni bir kun oldin yoki kamida 6 soat oldin no‘xatni ivitib qo‘yishdan boshlaymiz. Ivigan no‘xatni suvini to‘kib tashlaymiz. Keyin uni blenderda yoki ‘chopper’da ezib olamiz. Buning uchun go‘sht maydalagichdan ham foydalanish mumkin.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom) tayyorlash

Endi piyoz, chesnok va petrushkani ham qo‘shib maydalashda davom eting.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom) tayyorlash

Keyin ziravorlar, tuz, un, limon sharbati va ichimlik sodasini qo‘shamiz.

Hammasini aralashtirib, aralashmani kamida yarim soatga xolodilnikka solib qo‘ying.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom) tayyorlash

Vaqt o‘tgach aralashmani o‘zingiz xohlagan kattalikda to‘plarga bo‘lib oling. Buning uchun qo‘l namlab olinsa oson bo‘ladi.

Endi dumaloqlangan falafellarni 4-5 donadan qizib turgan yog‘da qo‘g‘irib oling. Tayyor falafelni qog‘oz sochiqqa qo‘yib turing, ortiqcha yog‘i tortilib olish uchun.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom) tayyorlash

Falafelni hammasini shu usul bilan qo‘g‘irib oling.

Falafel tayyor uni salat bilan birgalikda dasturxonga torting. Xohishga qarab pita noni ichiga solib sendvich qilish mumkin. Blogda pita noning retseptini ham topasiz.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom)

E’tibor qiling:

Falafelni duxovkada ham pishirish mumkin. Bunday usulda pishirilgan falafelda kaloriya qo‘g‘irilgan falafelga nisbatan oz bo‘ladi.

Yana falafel uchun tayyor pishgan no‘xatdan ham foydalanish mumkin. Unda no‘xatni ivitish shart emas.

Falafel (no'xatdan sog'lom taom)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa go‘shtsiz sog‘lom taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, no‘xatli salat yoki yasmiqli salat.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com