You are currently viewing Vanilla va shokolad torti

Vanilla va shokolad torti

Vanilla va shokolad torti tayyorlashga juda oson va mazali tort. Uning tarixini aniq bilmayman. Lekin mazasi zo‘r ekanligini aniq bilaman.

Kerakli mahsulotlar (28×27):

Xamiriga:

  • 4 dona tuxum
  • 200 gr shakar
  • 350 gr un
  • 200 ml o‘simlik yog‘i
  • 200 ml sut
  • 1 osh qoshiq razrixlitel
  • 1 chimdim tuz
  • 3 osh qoshiq kaka

Kremi uchun:

  • 700 ml sut
  • 1 osh qoshiq un
  • 1 osh qoshiq kraxmal
  • 200 gr shakar
  • 30 gr sariyog‘
  • Ozgina tuz
  • 100 ml qaymoq (xohishga qarab)
  • 2 osh shakar kukuni (xohishga qarab)

Vanilla va shokolad torti uchun krem tayyorlash

Qozonchada un, shakar, tuz va kraxmalni aralashtirib oling. Keyin sutni oz-ozdan quying. Hammasini yaxshilab aralashtiring. Keyin past olovga qo‘ying.

zavarnoy krem tayyorlash

Krem quyuqlashgach, olovni o‘chiring. Sariyog‘ va vanillinni qo‘shing. Sariyog‘ to‘la erigach, kremni boshqa idishga quying. Uning ustini sellofan bilan o‘rab, sovitish uchun olib qo‘ying. Sellofan kremining ustiga tegib tursin.

zavarnoy krem tayyorlash

Tortga xamir tayyorlash

Tuxum va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib oling.

Keyin ustiga sut va yog‘ni quying. Bir-ikki mikser bilan aralashtiring. Vanillinni ham qo‘shing.

Endi quruq mahsulotlarni elakdan o‘tkazib suyuq mahsulotlarning ustiga qo‘shing.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Hammasini mikser bilan aralashtiring.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Xamirni yog‘langan qolipga quying.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Uni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 25 minut davomida pishiring. Tortning pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshirish kerak.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Endi tortni to‘la sovitishga qo‘ying.

Sovigan tortni rasmda ko‘rsatilgandek qilib teshib chiqing. Men buning uchun tortga gul chiqaradigan nasadkadan foydalandim.

Endi ko‘pirtirilgan qaymoq va sovigan zavarnoy kremni aralashtirib oling.

Kremni qoshiq bilan tortning ustidagi teshiklarga quyib chiqing. Keyin qolgan kremin tortning ustiga to‘la quying.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Tortning orasidan chiqqan bo‘laklarni maydalab oling.

Ushoqlarni tortning ustiga seping.

Vanilla va shokolad torti tayyorlash

Vanilla va shokolad tortini kamida 5 soat yoki kechasi bilan xolodilnikda tindiring.

Vanilla va shokolad torti

Keyin uni dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Men birdaniga bitta katta va bitta kichkina tort tayyorladim. Shuning uchun rasmdagi mahsulotlar miqdori ko‘p.

Tortni faqat zavarnoy kremning o‘zi bilan, ko‘pirtirilgan qaymoqsiz, ham tayyorlash mumkin. Lekin, mening nazarimda qaymoq qo‘shish kremning mazasini yaxshiladi.

Vanilla va shokolad torti

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa shokoladli tortlarning retseptini topasiz. Masalan, kakao va sutli tort yoki shokolad va qulupnayli tort.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com