You are currently viewing Kiish (Quiche)- Usti ochiq pirog

Kiish (Quiche)- Usti ochiq pirog

Kiish fransuzcha taomdir. Lekin u Angliya va Italiyada XIII asrlardan beri tayyorlanadi. Kiishning turlari ko‘p, hamma turida tuxum va  pishloq ochiq pirog ustiga pishiriladi. Bugun vegetarian turdagi kiishe bilan tanishtiraman. Kiish mazali taom bo‘lib uni issiq yoki xona haroratida iste’mol qilish mumkin.

Kerakli mahsulotlar (25sm kiish uchun):

Xamiri uchun:

  • 280 gr atrofida un
  • 140 gr sariyog‘ yoki margarin
  • Bir chimdim tuz
  • 3-4 osh qoshiq suv

Kiishni to‘ldirish uchun:

  • 3 dona tuxum
  • 150 gr cherri pomidori
  • 6-8 dona aspargus
  • 1 dona piyoz
  • 200 ml qaymoq
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 50 gr qattiq pishloq turi (men cheddar turidan foydalandim)
  • Tuz va murch

Kiish uchun xamir qorish

Xamir uchun hamma mahsulotlar muzdek bo‘lishi kerak. Idishda un va tuzni aralashtirib oling. Ustiga sariyog‘ni soling va ‘pesok’lab oling.

Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash
Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash

Keyin muz qo‘shilgan suvdan oz-ozdan quyib, un bir-biriga yopishguncha xamir qoring. Endi xamirni o‘rab kamida yarim soatga xolodilnikka olib qo‘ying.

Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash

Kiish uchun nachinka tayyorlash

Buning uchun maydalangan piyozni zaytun yog‘ida qo‘g‘irib oling. Keyin uning ustiga aspargusning ildiz tomonini to‘rg‘ab soling (uchini butun olib qo‘ying).

Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib oling. Tuxum, tuz, murch va qaymoqni aralashtirib oling. Pomidorlarni ham ikkiga bo‘lib oling.

Kiish pishirish

Tinib chiqqan xamirni yoyib oling. Xamirni qolipdan 5-6 sm kattaroq yoying.

Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash

Endi yoyilgan xamirni juva yordamida qolipga joylang. Men qolipni yog‘lamayman. Chunki bu yog‘li xamir va u qolipga yopishmaydi.

Xamirni qolipdan chiqib turgan joylarini kesib yuboring.

Keyin yoyilgan xamirning tubini vilka bilan teshib oling. Endi buni xolodilnikka 20 minut atrofiga solib qo‘ying (xamir yana muzdek bo‘lishi uchun).

Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash

Endi xamirning ustiga folga qog‘ozidan qo‘ying. Qog‘ozning ustiga og‘irroq narsa soling. Masalan, loviya, no‘xat yoki guruch. Kiishni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 20 minut pishiring.

Keyin loviya va folga qog‘ozini olib tashlab kiishni yana 10 minut pishirishda davom eting. Kiishning xamiri tayyor.

Kiish Usti ochiq pirog uchun xamir tayyorlash

Pishgan kiish xamiri ustiga pishloqning yarmini seping. Ustidan piyoz va aspargus aralashmasini soling.

Keyin kesilgan pomidor va aspargusning uchini terib chiqing. Endi tuxum va qaymoqli aralashmani quying.

Kiish Usti ochiq pirog uchun tayyorlash
Kiish Usti ochiq pirog uchun tayyorlash

Tepasiga pishloqning qolgan qismini seping. Kiishni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 20-25 minut davomida pishiring. Pishib chiqqan kiishni 15-20 minut davomida tindirib dasturxonga torting. Odatda kiish yangiligida yeyiladi, lekin u keyingi kuni ham mazali bo‘ladi.

Kiish Usti ochiq pirog

E’tibor qiling:

Kiish uchun xamirga ko‘p ishlov berib yubormang. Bo‘lmasa u qattiq bo‘lib qoladi (uqalanadigan bo‘lmaydi).

Kiishni tubi olinadigan qolipda pishirish osonroq. Lekin shisha yoki keramika qolipda ham pishirish mumkin.

Kiishga tayyor pishgan go‘sht mahsulotlari ham solish mumkin. Masalan, tovuq go‘shti, har xil kolbasa turlari.

Kiishning xamirini bir kun oldin pishirib qo‘yish mumkin.

Kiish Usti ochiq pirog

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda qobiqsiz kiishning retsepini ham topasiz. Yana boshqa

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com