Koreyscha sendvich ajoyib ta’mga taom. U Koreyada ko’cha taomi (street food) hisoblanadi. Hozirda bu sendvich Shimoliy Amerikani zabt qilyapti. Oson, to‘yimlik va mazali taom.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 8 dona toast noni (oq non)
- Yarimta kichkina karam
- 2-3 dona sabzi
- 1 dona piyoz yoki 2-3 dona ko’k piyoz
- 8 dona tuxum
- 1 osh qoshiq mayonez
- 4 ta katta bo’lak pishloq (men cheddar turidan foydalandim)
- 1 osh qoshiq ketchup
- Yarim osh qoshiq shakar
- 80 gr sariyog‘
- Tuz va murch
Koreyscha sendvich uchun sabzavotlarni tayyorlash
Karam, piyoz va sabzini maydalab to’rg’ab olamiz.
Ularni ustiga tuxumlarni chaqamiz. Tuz va murch qo’shamiz. Hammasini aralashtiramiz.
Sariyog’ni 10 grammini tovada eritamiz. U erigach ustiga tuxumli aralashmaning yarmini quyamiz. Men birdaniga ikkita tovada pishirdim.
Sabzavotlarni o’rtacha olovda, tuxum qizargunicha pishiramiz. Keyin o’rtasidan bo’lib ontarib olamiz.
U tomonini ham qizartirib olamiz.
Pishgan tuxumli sabzavotlarni tovadan olamiz. Endi tovaga yana sariyog‘ning 10 grammini solamiz. Erigan sariyog’da ikkita nonni qizartirib olamiz.
Nonning ikkala tomoni ham qizarishi kerak. Koreyscha sendvich uchun hamma narsa tayyor. Endi sendvichni tayyorlasak ham bo’ladi.
Koreyscha sendvich tayyorlash
Ikkita qo‘g‘irilgan nonning ustiga ozgina shakar seping.
Keyin ustiga tuxumli sabzavotdan qo’ying. Uni tepasidan pishloqni, mayonez va ketchupni qo’ying.
Ustini ikkinchi non bilan yoping.
Koreyscha sendvich issiqligida o’rtasidan bo’lib dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Bu sendvichning orasiga pishgan go’sht mahsulotlaridan ham solishi mumkin. Masalan, kolbasa.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa koreyscha taomlarning retseptini topasiz. Masalan, koreyscha stir-fray yoki koreyscha baqlajonli salat.
Veb sahifa: www.juvajon.com