You are currently viewing Burma bo‘g‘irsoq – Hayit bayrami uchun

Burma bo‘g‘irsoq – Hayit bayrami uchun

Burma bo‘g‘irsoq O‘zbekistonda yaxshi tanilgan shirinliklardan biridir. U bolalar va kattalarga birdek yoqadi. Burama bo‘g‘irsoqni hamma oilada har xil tayyorlashadi. Men bugun sizlarni o‘zim tayyorlaydigan usuli bilan tanishtiraman. Marhamat burma bo‘g‘irsoq retsepti bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar (2 ta tarelka uchun):

Xamiri uchun:

  • 50 ml sut
  • 50 ml eritilgan sariyog‘
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 500 gr un (taxminan)
  • 50 ml suv

Siropi uchun:

  • 100 ml suv
  • 100 gr shakar
  • Yarim choy qoshiq limon sharbati
  • 3 osh qoshiq asal
  • Qo‘g‘irish uchun -0.5 litr o‘simlik yog‘i

Xamir qorish va burama bo‘g‘irsoq tugish

Xamir uchun kerakli hamma mahsulotlarni aralashtirib, yumshoq xamir qoring. Keyin uni ikkiga bo‘lib, o‘rab 1 soatga xolodilnikka solib qo‘ying.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash
Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Tingan xamirni bittasini oling. Uni yaxshilab un sepib yupqa qilib, dumaloq shaklda yoyib oling.

Xamirni o‘qlovga o‘rab, rasmdagidek qilib taxlab oling (xuddi chuchvara uchun xamir taxlagandek).

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Endi xamirdan 3-4 sm kenglikda lentalar kesib chiqing.

Bitta lentani olib ustiga ozgina o‘simlik yog‘i yoki sariyog‘ surkab oling. Uning ustiga ikkinchi lentani qo‘ying, unga ham yog‘ surkang.

Xuddi shunday qilib 4 ta lentani ustma-ust taxlab chiqing. Eng tepadagi lentaning ustiga yog‘ surkamang.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Endi bu taxlangan lentani bir barmoq yoki 1 sm kenglikda kesib oling.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Kesilgan lentachalarni burab chiqing (rasmga qarang). Buning uchun bitta lentani qo‘lga olib, ikkinchi qo‘l bilan burab oling.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Buralgan bo‘g‘irsoqlarni idishga terib yarim soatga xolodilnikka soling.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Ikkinchi xamirni ham xuddi shunday qilib tayyorlab oling.

Xolodilnikda biroz qotigan burama bo‘g‘irsoqlarni qizib turgan yoqqa 3-4 donadan  soling. Ularni o‘rtacha olovda, och tilla rang bo‘lguncha, qo‘g‘irib oling. Pishib chiqqan bo‘g‘irsoqlarni qog‘oz sochiqqa qo‘yib turing.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash
Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Burama bo‘g‘irsoq uchun sirop tayyorlash

Qozonchaga suv, shakar va limon sharbatini soling. Hammasini o‘rtacha olovda 10-15 minut davomida qaynating (usti ochiq holatda). Keyin olovni o’chrirng, asalni qo‘shing. Siropni yaxshilab aralashtiring.

Tayyor qo‘g‘irilgan burama bo‘g‘irsoqni iliq (issiq ham sovuq ham emas) siropga 3-4 donadan solib botirib oling.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun  tayyorlash

Keyin ularni tarelkaga terib chiqing. Ta’bga qarab ustiga maydalangan yong‘oq, pista yoki mayda qandolat mahsulotlaridan seping.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun

Burama bo‘g‘irsoq tayyor. Uni dasturxonga choy bilan torting.

E’tibor qiling:

Sirop uchun limon sharbati o‘rniga, ozgina limon kislotasi ham qo‘shish mumkin.

Sirop tayyor bo’lganligini tekshirish uchun, undan sovuq suvga bir tomchi solish kerak. Bunda tomchi birdaniga tarqab ketmasligi kerak. Agar darrovda tarqab ketsa siropni yana biroz qaynating.

Xamirga ko‘p un solib yubormang.

Burma bo‘g‘irsoq - Hayit bayrami uchun

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda chak-chak va qrim paxlavasining retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com