You are currently viewing Pizza

Pizza

Bugun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan Pizza taomini uy sharoitida tayyorlaymiz.

Kerakli mahsulotolar (3ta 30smlik pizza uchun):

Xamir uchun:

  • 400 gr atrofida un
  • 0.5 osh qoshiq shakar
  • 7-8 gr xamirturush (droja)
  • 4 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 250 ml atrofida iliq suv
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq mannaya krupa

Sous uchun:

  • 2 dona po‘sti archilgan pomidor
  • 1 dona piyoz
  • 1 dona chesnok tishi
  • Ozgina quritilgan yoki yangi rayhon barglari
  • 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
  • Bir chimdimdan tuz va shakar
  • Quritilgan oregano (agar bo‘lsa)

Ustiga qo‘yish uchun:

  • Cheddar pishlog‘i 300gr, yoki boshqa eriydigan pishloq
  • Mozarella pishlog‘i 150 gr
  • Yana xohishga qarab, pishgan tovuq go‘shti, kolbasa, bulg‘or qalampiri, qo‘ziqorin, pomidor, makkajo‘hori, zaytun mevalari, va boshqalar ishlatish mukin

Eng avvalo xamir qilamiz. Buning uchun iliq suv, xamirturush, shakar va zaytun yog‘ini bitta idishga solib, 5 minutga qoldiramiz (xamirturush aktiv bo‘lishi uchun). Alohida idishda elangan un va tuzni aralshtirib, drojali suvni qo‘shib yumshoq xamir qilamiz.

Pizza uchun masalliqlar

Keyin xamirni surpa yoki stol ustiga olib kamida 10 minut ishlov beramiz (rasmini qarang). Endi ustini o‘rab 2 soat ko‘pirtirgani olib qo‘yamiz.

Pizza xamiri

Bu orada pizzaning ustiga suriladigan sousni tayyorlaymiz. Buning uchun po‘sti olingan pomidor, piyoz, chesnok va rayhonni qirg‘ishdan, yoki go’sht qiymalagichdan o‘tkazib olamiz. Agar sizda blender bo‘lsa mahsulotlarni unda maydalab oling, ishingiz oson bo‘ladi.

Tovani ozgina qizdirib 1 osh qoshiq zaytun yog‘ini quyamiz va unga maydalangan piyoz va chesnokni solib 1-2minut davomida qo‘g‘irib olamiz. Endi uning ustiga pomidor, rayhon, tuz va shakarni solib sousni 8-10 minut past olovda qaynatamiz. Keyin bir chetga sovishi uchun surib qo‘yamiz.

Pizza sousi

Yana bu payt davomida pizzaning ustiga qo‘ymoqchi bo‘lgan narsalarni tayyorlab olamiz va pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib olamiz.

Xamir ko‘pib chiqqach uni listning kattaligiga qarab bo‘lib olamiz. Men 30 sm list ishlataman, shuning uchun xamirni teng 3ga bo‘lib oldim. Ya’ni, 3ta 30smlik pizza tayyorlayman.

Pishirish

Duxovkani eng baland gradusiga qizdirgani yoqib qo‘yib (men 250C°da qizdirdim), birinchi zuvalani qo‘l bilan 0.5sm balandlikda yoyamiz. Endi listning ustiga mannaya krupa sepib yoyilgan xamirni listning ustiga qo‘yamiz.

Endi sovigan sousni qoshiqning orqasi bilan xamirga surkab chiqamiz – sous xamirning chetlariga chiqib ketmasligi kerak.

Pizza ustiga sous surkash

Uning ustiga maydalangan pishloqni sepib bo‘lgach boshqa mahsulatlarni ham terib chiqamiz.

Pizza

Maydalangan rayhon bo‘lsa, pizza ustiga ozgina sepamiz. Endi qizib turgan duxovkada 10 minut davomida pishiramiz.

E’tibor qiling:

Pizza xamiriga albatta ko‘pirtirishdan oldin 10 minut ishlov bering, shunda gluten iplari paydo bo‘lib xamir yaxshi ko‘piradi. Hamda xamir to‘qimasi tekizlanadi.

Pizzani qizib turgan duxovkaga solish kerak, bo‘lmasa pishishga uzoq vaqt ketib, qattiq bo‘lib qoladi.

Rayhon pizzaga ajoyib hid va ta’m beradi.

Pizza ustiga pomidor o‘riniga tomat pastasini suv qo‘shib sous qilsa bo‘ladi.

Pizza tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa italyancha taom retseptlari bilan ham tanishing. Masalan, All Norma tayyorlab ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning