You are currently viewing Bayramona shokoladli tort

Bayramona shokoladli tort

Bayramona shokoladli tort har qanday quvonchli marosomning ko’rki bo’ladi. Ayniqsa shokoladni yoqtiradigan insonlar uchun juda yaxshi sovg‘a.

Kerakli mahsulotlar (17.5 cm 4 qavatli tort uchun): 

Xamiri uchun: 

  • 130 ml oddiy yogurt yoki smetana 
  • 240 ml  sut (1 choy qoshiq limon sharbati aralashtirilgan) 
  • 4 dona tuxum 
  • 180 ml o‘simlik yog‘ 
  • 360 gr un 
  • 2 osh qoshiq vanillin 
  • 530 gr shakar 
  • 5 gr tuz 
  • 50 gr kakao kukuni 
  • 15 gr razrixlitel 
  • 5 gr ichimlik sodasi 
  • 200 ml kofe damlamasi 

Kremi uchun: 

  • 500 ml qaymoq 
  • 200 gr shakar kukuni 
  • 1 osh qoshiq vanillin 

Ganash (tortning ustiga surkash uchun): 

  • 100 gr sariyog‘ 
  • 200 gr shokolad 
  • 100 ml qaymoq 

Glazur uchun (xohishga qarab): 

  • 100 gr shokolad 
  • 100 gr qaymoq 

Bayramona shokoladli tort uchun xamir tayyorlash

Xamir uchun hamma  quruq mahsulotlarni bitta idishda aralashtirib oling. Albatta un va kakaoni elash esdan chiqmasin.  Kofe damlamasidan tashqari hamma suyuq mahsulotlarni ham alohida idishda aralashtirib oling.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Endi suyuq aralashma va kofe damlamasini quruq mahsulotlarning ustiga quying. Hammasini aralashtiring.

Xamirni yog‘langan va un sepilgan qoliplarga teng miqdorda quying. Menda ikkita bir xil qolip bor, shuning uchun oldin tortning ikki qavatini pishirdim.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Keyin qolgan ikkita qavatini pishirdim. Torni 170⁰Cda qizib turgan duxovkada 18-20 minut davomida pishiring. Pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshirish mumkin.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Tortning hamma qavatlari pishgach, ularni to‘la sovitib oling.

Tort uchun ganash tayyorlash

200 gr shokolad va sariyog‘ni bug‘da yoki mikroto‘lqinli pechda eritib oling. Mikroto‘lqinli pechga oldin 5 daqiqa (sekund)ga qo‘ying. Keyin bir aralashtirib yana besh daqiqaga pechga qo‘ying.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Erigan shokolad va sariyog‘ning ustiga qaymoqni quying. Yaxshilab aralashtirib bir chetga surib turing.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash
Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Tort ichiga krem tayyorlash

Qaymoqni shakar kukuni bilan ko‘pirtirib oling. Mana bu linkda qaymoq ko‘pirtirishni to‘la tushuntirganman.

Tortni tayyorlash

Korjlarning ustini tekislab oling.

Keyin qaymoqli kremni uchdan birini tortning birinchi qavatiga surkang. Shu yo‘l bilan qolgan korjlarni ham ustma-ust qilib, krem bilan yopishtirib oling. Eng tepa qavatiga qaymoqli krem surkalmaydi.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Endi ganashni olib torting atrofi va ustiga surkab chiqing. Ganashni shpatula bilan tekislab oling.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

100 gr shokolad 100 gr qaymoq bilan birgalikda eritib oling. Bu eritma biroz sovigach, tortning ustiga quying.

Bayramona shokoladli tort tayyorlash

Bayramona shokoladli tort tayyor. Uni shunday ham dasturxonga tortish mumkin, yoki ustini xohishga qarab ustini bezatish mumkin. Men qaymoqli kremdan ozgina saqlab qo‘ygan edim. Tortning ustiga va yoniga shu kremdan mayda gullar chiqardim.

E’tibor qiling:

Shu miqdordagi mahsulotlardan 2 qavatli lekin diametri kattaroq tort ham tayyorlash mumkin.

Bayramona shokoladli tort

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali tortlarning retseptini ham topasiz.

Tortning ustiga glazur quyish shart emas. Ganashning o‘zi ham yetadi.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com