You are currently viewing Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va mazali taom vitaminlarga boy. Hozirda oshqovoqli karri Yevropa va Shimoliy Amerikada keng tarqalmoqda. Bu karrini tayyorlash juda oson.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • Yarimta oshqovoq
  • 2 dona piyoz
  • 3-4 dona chesnok tishi
  • 2 dona kartoshka
  • 50 gr zanjabil
  • 300 gr no‘xat
  • 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 300 gr pomidor
  • 1 osh qoshiq tomat pastasi
  • 200 gr ismaloq
  • Yarim bosh kashnich
  • Ziravorlar: 2 osh qoshiq karri ziravori, 1 oshdan qoshiq zira, kashnich urug‘i, kukurma, bulg‘or maydasi

Karri uchun sabzavotlarni tayyorlash

Avval kartoshka va oshqovoqni tozalab, maydalab olamiz.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash
Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash

Endi ularni 200⁰Cda qizib turgan duxovkada 30 minut atrofida pishirib olamiz. Listni yog‘lash esdan ko‘tarilmasin, bo‘lmasa sabzavotlar listga yopishishi mumkin.

Oshqovoqli karri tayyorlash.

Tovaga yog‘ni quying. Keyin uning ustiga hamma ziravorlarni soling.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash

Keyin qirg’ichdan o‘tkazilgan piyoz, zanjabil va chesnokni qo‘shing. Ustiga tomat pastasini ham qo‘shing.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash

Endi maydalangan pomidorni soling. Men tayyor to‘rg‘algan pomidordan foydalandim.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash

Keyin tovaga kartoshka, oshqovoq va no‘xatni qo‘shing. Hammasini aralashtirib, 400 ml atrofida qaynatilgan suv qo‘shing. Karrini 15 minut atrofida o‘rtacha olovda qaynating.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom tayyorlash

Eng oxirida ismaloqni soling. Men mayda ismaloqdan foydalandim. Shuning uchun uni bo‘lib olmadim. Agar sizda katta ismaloq barglari bo‘lsa ularni to‘rg‘ab keyin soling.

Ismaloq pishgach, karri tayyor bo‘ladi. Uni issiqligida dasturxonga torting.

E’tobor qiling:

Oshqovoqli karri uchun oshqovoq va kartoshkani duxovkada pishirib olmasdan, sousga hom holatida ham qo‘shish mumkin. Keyin sabzavotlar sousning ichida pishadi.

Oshqovoqli karri xolodilnikda bir necha kungacha saqlandi.

Oshqovoqli karri- go'shtsiz sog'lom taom

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda karrinning yana boshqa turlarini ham ko‘ring. Masalan, no‘xatli karri, katsu karri yoki tovuqli karri.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com