You are currently viewing Dalgona Kofe

Dalgona Kofe

Hozirgi kunda butun dunyoda trend bo‘layotgan Dalgona kofesini biz ham tayyorlaymiz. Bu kofe uchun atigi 3ta mahsulot kerak bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar: (2ta porsiya uchun)

  • 4 choy qoshiq kofe (eriydigan / rastvorimoe kofe)
  • 4 choy qoshiq shakar
  • 300 ml atrofida sut
  • 4 choy qoshiq qaynagan suv

Bitta idishga kofe, shakar va qaynoq suvni solib ko‘pirtirishkerak:

Dalgona

Agar mikser/blender ishlatsangiz 5 minut, qo‘l venchikda 10 minut, qoshiqda 15 minut aralashtirib ko‘pirtiring.

Dalgona uchun aralashma

Endi issiq yoki sovuq sutni ikkita stakanga quyib oling va ko‘pirgan kofeni ikkala stakanga teng miqdorda soling. Dalgona kofe tayyor.

Dalgona aralashmasi

E’tibor qiling:

Kofeni qanchalik ko‘p ko‘pirtirsangiz u shuncha yaxshi chiqadi.

Sutning miqdori va uning gradusini ta’bingizga qarab o‘zgartirsangiz bo‘ladi.

Qaynoq suv keragidan oz bo‘lsa kofe ko‘pigi qattiq bo‘lib qoladi. Miqdoriga e’tibor qilib aralashtirish kerak.

Dalgona tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa ichimliklar retseptlari bilan ham tanishing. Masalan sutli kokteyl tayyorlab ko’ring!

Telegram kanalimizga ulaning