You are currently viewing Kuskus salati (Couscous)

Kuskus salati (Couscous)

Kuskus bug‘doy mahsulotlarining bir turi bo‘lib, Afrika qit’asining Mag‘ribidan kelib chiqqan va Arab va yaqin sharq mamlakatlarida ko‘p ishlatiladi. Foydali va tez tayyor bo‘lishi xususiyatlari uni butun dunyoga mashhur qilgan.

Bugun biz kuskusdan tezda tayyor bo‘ladigan, foydali va eng muhimi mazali salat tayyorlaymiz. Bu salat juda to‘yimlik bo‘lib ovqat o‘rnini bemalol bosadi, ayniqsa parxez qiladiganlar uchun juda ham qo‘l keladi.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 250 gr kuskus
  • 2 dona pomidor (men bugun cherri pomidorlar ishlatdim)
  • 1 dona bodring
  • 1 dona qizil piyoz yoki yarim bosh ko‘k piyoz
  • Yarimta bulg‘or qalampiri
  • 250 gr pishgan no’xat
  • Yangi yoki quritilgan kashnich
  • Zaytun (olivka) mevalari (agar xohlasangiz)
  • 5 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
  • Yarimta limon soki
  • Ta’bga qarab tuz va murch
Kuskus salati masalliqlari

Kuskusni idishga solib, uning ustiga tuz va murch solamiz va vilka bilan bir marta aralashtiramiz.

Kuskus

Endi uning ustiga 400 ml atrofida qaynagan suv quyamiz va ustini yopib chetga surib qo‘yamiz.

Kuskus salati tayyorlash

Kuskus dam yeguncha sabzavotlarni tayyorlab olamiz.Yuqorida sanalgan hamma sabzavotlarni kubik shaklida mayda qilib to‘rg‘aymiz va kashnichni maydalaymiz.

Kuskus salati uchun sabzavotlar

Endi 5 osh qoshiq zaytun yog‘i, yarimta limonning soki, tuz va murchni kichkina bankaga solib yaxshilab aralshtiramiz (vilka bilan aralshtirsa ham bo‘ladi).

Olivka yog'i

Bu vaqt ichida kuskus ham suvni tortib olib yumshab qoladi.

Kuskus

Endi uni vilka bilan aralshtirib, sal sovugach no‘xat, sabzavotlar, kashnich va limon sokilik aralashmani bitta idishga solib aralashtiramiz.

Kuskus salati sousi

Tuzini ko‘rib 5-10 minutdan keyin dasturxonga tortamiz.

Kuskus salati tayyor

E’tibor qiling:

Agar quritilgan kashnich ishlatilsa uni ham kuskus bilan birga uyiting.

Kuskusga ko‘p suv quyib yubormang, bo‘lmasa lanj bo’lib qoladi.

Salatni holodilnikda 3 kungacha saqlash mumkin (agar ortib qolsa), lekin dasturxonga qo‘yishdan oldin zaytun yog‘dan yana ozgina qo‘shib aralshtirib yuboring.

Yoqimli ishtaha

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda oshqa salatlar retseptlarini ham ko’ring. Masalan, Kinva salati ham juda sog’lom va mazali taom.

Telegram kanalimizga ulaning