1958 yillda ilk bor Belgiyada namoyish qilingan, va keyinchalik butun dunyoga tarqalgan Belgiya vaflisi – tezda tayyor bo‘ladigan bayramona nonushta yoki desert.
Ushbu vaflini tayyorlash uchun mahsus vafli qolipi yoki mahsus uskunasi (вафельница) kerak bo‘ladi.
Kerakli mahsulotlar: (5 portsiya uchun)
- 300 ml sut
- 350 gr atrofida un
- 2 dona tuxum
- 2 osh qoshiq shakar
- 1 choy qoshiq razrixlitel yoki osh sodasi (uksusda eritilgan)
- 2 osh qoshiq eritilgan saryog‘ yoki o‘simlik yog‘i
- Ozgina vanilin
- Ozgina tuz
2 ta tuxumni idishga chaqib, shakar, tuz, yog‘ va vanilinni qo‘shing.
Bularni bir aralashtirib sutning yarmini qo‘shing.
Endi ustiga elangan unni va razrixlitel (yoki ichimlik sodasini) qo‘shing.
Buni aralashtrib bo‘lib qolgan sutni ham qo‘shib, aralshtirib oling. Xamir tayyor. Uni 5 minut dam oldiring.
Endi vafli qiladigan qolipni qizdirib oling. Qolipni yog‘lab, xamirni qolipga moslab quying.
Menining qolipimga 140 ml xamir sig‘adi va odatda 5 minutda pishadi. Shu usul bilan xamirning hammasini ishlating.
Belgiya Vaflisi yangiligida eng mazali bo‘ladi va uni shokolad pastasi, shakar kukuni, qo‘yiltirilgan sut, murabbo yoki ko‘pirtirilgan qaymoq va har xil mevalar bilan dasturxonga tortish mumkin. Agar desert sifatida tanovul qilinsa, muzqaymoq bilan juda mos tushadi.
E’tibor qiling:
Belgiya Vaflisi xamirini ko‘p aralashtirib yubormang, bo‘lmasa qattiq bo‘lib qoladi.
Sutning yarimi oldin qo‘shilsa, xamir budurlanmasdan, oson aralashadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Inglizcha Pankeyk va Fransuzcha Crepe ham shu kabi shirin nonushta retseptlaridir.