Qobiqsiz kish – foydali nonushta yoki tushlik. Ham mazali, ham foydali, ayniqsa parxezdegilar yoki sport bilan shug‘ullanadiganlar uchun, kaloriyasi oz, lekin oqsilga boy tezda pishadigan taom.
Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):
- 6 dona tuxum
- 3-4 dona qo‘ziqorin
- 1 dona piyoz
- 2-3 dona ko‘k piyoz
- 1 chinni ismaloq
- 100 gr pishloq
- 4 osh qoshiq sut
- 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
- Tuz va murch
Parraklangan piyoz va qo‘ziqorinni zaytun yog‘ida bir-ikki minut davomida yengil qo‘g‘irib olamiz. Keyin olovni o‘chirib ismaloqni ularning ustiga solib bir-ikki aralashtiramiz.
Endi sabzavotlarni yog‘langan issiqqa chidamli idishga solib, ularning ustiga qirg‘ichdan o‘tgan pishloqningyarimidan sal ko‘pini ham solamiz.
Alohida idishga tuxumlarni chaqib, ustiga sut quyamiz. Tuz va murch qo‘shib vilka yordamida aralshtiramiz.
Tuxumlik aralashmani sabzavotlarning ustiga quyib, to‘rg‘algan ko‘k piyoz va pishloqning qolganini sepamiz.
Kishni 185C° da qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishiramiz.
Qobiqsiz kish tayyor, endi buni tushlik bo‘lsa salat bilan, nonushta bo‘lsa non bilan yoki nonsiz (parxezdegilar uchun) dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Bu ovqatga uyingizda bor boshqa sabzavotlardan ham solish mumkin. Masalan, pomidor, bulg‘or qalampiri va boshqa ko‘katlar.
Qobiqsiz kish bonushtaga tezroq tayyor bo‘lsin desangiz, bir kun oldin hamma narsani tayyor qilib idishga solib, xolodinlikka solib qo‘ying. Ertalab turib duxovkaga solsangiz, yarim soatda mazali va foydali nonushta tayyor.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa sog’lom taomlar retseptlari bilan ham tanishing. Masalan, Shakshuka ham tuxumdan tayyorlanadigan ajoyib nonushta.