You are currently viewing “Haqiqiy burger” tayyorlash

“Haqiqiy burger” tayyorlash

Bugun Britaniyada “Proper burgers” deb tanilgan burgerlar tayyorlaymiz. “Haqiqiy burger” boshqa burgerlarga nisbatan qalinroq bo’ladi, va orasiga hilma-hil qo’shimchalar bilan tayyorlanadi.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 700gr mol go‘shtining qiymasi (menda yog‘sizi)
  • 4 dona burger noni
  • 1 osh qoshiq mayonez
  • 1 osh qoshiq ketchup
  • Tuz va murch

Yana xohishga qarab pishloq, pomidor, salat bargi, piyoz, tuzlangan bodiring…

Xona haroratidagi qiymani  ta’bg qarab tuz va murch bilan yaxshilab aralshtiring. Endi chetga 5 minutga surib qo‘ying.

Haqiqiy burger uchun qiyma

Bu orada orasiga qo‘ymoqchi bo‘lgan hamma narsani tayyor qilib qo‘ying.

Haqiqiy burger masalliqlari

Ketchup va mayonezni aralshtirib, bu sousni kesilgan nonlarning orasiga surkab chiqing.

Haqiqiy burger uchun sous
Haqiqiy burger sousini suramiz

Endi qiymani teng 4 ga bo‘lib ularga shakl bering. Men burger qolipidan foydalandim, lekin qo‘lda qilsa ham bo‘ladi. Chekallari biroz notekis chiqsa hech narsa qilmaydi.

Haqiqiy burger

Endi qizib turgan tovaga burgerlani qo‘ying va o‘rtadan sal baland olovda bir tomonini 6 minutdan pishiring, ya’ni ikki tomoni 12 minut bo‘ladi.

Haqiqiy burger pishiramiz

Pishgan burgerlani idishga olib, ularni tayyor nonlarga solib chiqing va yana xohlagan narsalaringiz bilan to‘ldiring. Men pishloq, karamel piyoz, pomidor, tuzlangan bodring va salat bargi qo‘ydim.

Haqiqiy burger ko'rinishi

“Haqiqiy burger”lar tayyor bo‘lganda ularni salat, kartoshka fri yoki piyozli uzukchalar bilan birga dasturxonga torting. Men piyozli uzukchalar bilan berdim (retseptini shu blogda kutib qoling).

E’tibor qiling:

Men tayyorlagan portsiya kattalar uchun, bolalarga bo‘lsa burgerlarni yupqaroq qilsa ham bo‘ladi. Unda pishirish vaqtini ham shunga qarab belgilang.

Burgerlarni ortiqcha pishirib yubormang, bo‘lmasa so‘lsiz, quruq bo‘lib qoladi.

Agar yog‘lik qiyma ishlatilsa burgerlar pishayotganda kichrayadi (yog‘ erib ketishining hisobiga).

Karamel piyoz tayyorlash retseptini blogimizdagi Fokachia noni retseptidan topasiz.

Haqiqiy burger tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Telegram kanalimizga ulaning