Afg‘oncha Bo‘lani juda yengil taom bo‘lib, Afg‘onistonda keng tarqalgan. U asosan ko‘katlardan tayyorlanadi.
Kerakli mahsulotlar (9 dona 25smlik uchun):
Xamiri uchun
- 300gr atrofida un
- 1 chimdim tuz
- 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- Iliq suv
Ichiga solish uchun
- 2 ta chinni atrofida ismaloq (menda ikki bog‘)
- 1 bog‘ ko‘k-piyoz yoki bir dona piyoz
- 1 bog‘ kashnich
- Ziravorlar (hammasi mayda): zira, kashnich urug‘i, paprika, murch va tuz.
Laganchada un, tuz va yog‘ini aralashtirib, uning ustiga oz-ozdan suv quyib qattiqroq xamir qoramiz (chuchvara xamirining qattiqligida).
Xamirni 20 minut tindiramiz, albatta ustini o‘ragan holatda.
Endi yuvilgan hamma ko‘katlarni mayda qilib to‘rg‘ab, ziravorlar va tuz bilan aralashtiramiz.
Xamir tingach, uni mayda zuvalalarga bo‘lamiz. Men 9taga bo‘ldim (pishiriladigan tovaning kattaligiga qarab bo‘ling).
Endi xamirni dumaloq va yupqa qilib yoyib olamiz. Men 25sm atrofida qilib yoydim.
Xamirning bir tomoniga ko‘kning ozgina qismini bir tekisda qilib solib chiqamiz.
Xamirning chetlarini suvlab, uni buklaymiz va yarim oy shakli beramiz.
Tovani qizdirib, unga o‘simlik yog‘i surkaymiz. Bo‘lanini bir yoki ikkitasini solib o‘rta olovda oldin bir tomonini pishirib olamiz.
Keyin ikkinchi tarafiga ozgina yog‘ surkab to‘ntaramiz.
Pishgan bo‘lanilarni sochiq bilan o‘rab turamiz.
Bo‘lanini issiqligida dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Afg‘oncha Bo‘lani ichiga ko‘katlar bilan birgalikda pishgan kartoshka ‘pyure’ solsa ham bo‘ladi.
Ko‘katlarni yengilqor aralashtiring, suvi chiqib ketsa, xamir yumshab teshilib qolishi mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Yanagi safar uchun afg’oncha go’shtli non, va qiymali naan retseptlarini ham ko’zdan kechiring.
Veb sahifa: www.juvajon.com