You are currently viewing Bagel – Nyu York usulida

Bagel – Nyu York usulida

Bagel, inglizchadan o’qilishi “beygel” Bagellarning tarixi Polshadagi yahudiylarga borib taqaladi. Lekin bagellarni dunyoga tarqatgan joy AQSHdir. Bagel tayyorlashning bir necha xil usuli bor. Bu retsept Nyu York usulidir. Bu usulda tayyorlangan bagellar chaynalma (inglizchada ‘chewy’) bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (8 dona bagel uchun):

  • 450 gr un
  • 300 ml suv
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 4 osh qoshiq shakar
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • Ozgina tuxum (ustiga surkash uchun)
  • Kunjut, sedana yoki boshqa urug‘lar (xohishga qarab)

Bagel uchun xamir qorish

Idishda iliq suv, 1 osh qoshiq shakar va xamirturushni aralashtirib oling va biroz tindiring (xamirturush aktivlashishi uchun).

xamirturush oshirish

Keyin uning ustiga elangan un va tuzni solib yumshoq xamir soling.

xamir qorish

Xamirga 8 minut atrofida ishlov bering va ustini o‘rab 1 soat oshiring.

bagel ucun xamir

Xamir oshib chiqqach, uni 8 ta zuvalaga bo‘ling. Besh minut ustini o‘rab tindiring.

bagel ucun xamir

Endi har bir zuvalaning o‘rtasidan teshib oling va teshikni barmoq bilan kengaytiring.

bagel tayyorlash

Shakl berilgan bagellarning ustini o‘rab 20 minut davomida yana oshiring.

bagel tayyorlash
bagel tayyorlash

Bagel pishirish

Ungacha katta idishda suv qaynatib oling va unga qolgan 3 osh qoshiq shakarni soling.

bagel tayyorlash

Keyin 2 yoki 3 dona bagelni qaynayotgan suvga soling. Bagelning bir tomonini 2 minut qaynating.

Ikkinchi tomonini ontarib, u tomonini ham 2 minut qaynating.

bagel tayyorlash

Endi bagellarni suvdan oling va fergament qog‘oz ustiga qo‘ying. Qolgan bagellarni ham shu usul bilan qaynatib oling.

Bagellarning ustiga tuxum chaqib surkang va xohishga qarab urug‘lar seping.

bagel tayyorlash

Ularni 200°Cda qizib turgan duxovkada 22-25 minut davomida pishiring.

bagel

Keyin ularni sovitib dasturxonga torting. Odatda bagellarni o‘rtasidan kesib, toast qilib iste‘mol qilinadi. Yana ulardan sendvichlar ham tayyorlash mumkin.

bagel

E’tibor qiling:

Bagellarni ozroq vaqt davomida ham qaynatish mumkin, faqat unda ular kamroq ‘chewy’ chaynaladigan bo‘ladi.

Bagellarning xamiriga mayiz va dolchin qo‘shish ham mumkin.

Bagellar o‘ralgan holatda xolodilnikda 1 haftagacha yaxshi saqlanadi.

bagel

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa nonlarning retseptini ham ko’ring. Bizda Nyu-York usulidagi bageldan tashqari, Nyu-York usulidagi chizkeykning retsepti ham bor.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com