You are currently viewing Basbusa yoki Revani – mannaya krupadan dessert

Basbusa yoki Revani – mannaya krupadan dessert

Basbusa Yaqin Sharqda keng tarqalgan shirinlikdir. U Misrdan kelib chiqqan. Basbusaning bir necha xil tayyorlanish usuli bor. Men sizlarga Basbusaning Misrda tayyorlanadigan asl retseptini taqdim qilaman. Bu tuxumsiz tayyorlanadigan keks, shuning uchun veganlar ham iste’mol qilishi mumkin.

Kerakli mahsulotlar (28x27smli Basbusa uchun):

Keks xamiriga:

  • 500 gr mannaya krupa
  • 100 gr kokos maydasi
  • 220 gr shakar
  • 75 gr un
  • 200 gr smetana yoki oddiy (shakarsiz va mevasiz) yogurt
  • 200 ml o‘simlik yog‘i yoki eritilgan margarin
  • 2 osh qoshiq sut
  • Yarim choy qoshiq razrixlitel
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 25-30 gr bodom

Sirop uchun:

  • 330 gr shakar
  • 250 ml suv
  • 1 choy qoshiq limonning sharbati
  • 1 choy qoshiq atirgul suvi (agar bo‘lsa)

Bodomni tayyorlash

Bodomlarning po‘stini archib olamiz. Buning uchun bodomni qaynab turgan suvga solamiz. 2-3 minut qaynatamiz. Keyin suvini to‘kib, sovuq suvda chayib olamiz.

Bodomning po'stini archish jarayoni

Bodomlarni qog‘oz salfetkaga qo‘yamiz. Po‘stini barmoq bilan ishqasak osongina chiqib ketadi.

Bodomning po'stini archish jarayoni

Po‘sti archilgan bodomni tovaga solib past olovda quritib olamiz. Qurigach bir chetga olib qo‘yamiz. Ularni sal keyinroq ishlatamiz.

Bodomning po'stini archish jarayoni

Basbusa uchun sirop tayyorlash

Buning uchun shakar, suv, limonning sharbati va atirgul suvini qozonchaga solamiz. 5 minut davomida qaynatamiz, usti ochiq holatda. Keyin olovni o‘chirib, siropni qozonchada qoldiramiz.

Basbusa uchun xamir tayyorlash

Buning uchun mannaya krupa, un, shakar va razrixlitelni idishda aralashtiramiz.

Basbusa keksi

Keyin ularning ustiga smetana/yogurt va yog‘ni quyamiz. Hammasini aralashtiramiz.

Basbusa keksi

Eng oxirida 2 osh qoshiq sutni qo‘shib aralashtiramiz. Bu xamir quyuq bo‘ladi.

Basbusa keksi

Basbusa keksini pishirish

Xamirni yog‘langan qolipga solib, tekislab olamiz.

Basbusa xamiri tayyyor

Uning ustini pichoq bilan romb shaklida kesib olamiz. Xar bitta rombning o‘rtasiga bittadan bodomni terib chiqamiz.

Basbusani 185°Cda qizib turgan duxovkada 35-40 minut, yoki usti och tilla rang bo‘lgunicha pishiramiz.

Tayyor basbusa

Basbusa pishgach u issiqligida siropni uning ustiga quyamiz va xona haroratida sovitish uchun qoldiramiz.

Tayyor basbusa
Tayyor basbusa

Basbusa to‘la soviganda, ustidagi yo‘nalish bo‘yicha kesib dasturxonga tortamiz.

E’tibor qiling:

Basbusa zich keksdir, shuning uchun unga ko‘p razrixlitel solmang.

Keks siropni yaxshi singdirishi uchun, sirop xona haroratida, keks esa issiq bo‘lishi shart.

Basbusa usti zich yopiq idishda sovuq joyda bir necha kungacha yaxshi saqlanadi.

Bodomni duxovkada ham quritish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogdagi boshqa mannaya krupadan tayyorlanadigan retseptlarini ham albatta ko’zdan kechiring. Yana blogda boshqa Yaqin Sharq usulida tayyorlangan dessertlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com