You are currently viewing Baton non – yumshoq va mazali

Baton non – yumshoq va mazali

Bu retsept uy sharoitida tayyorlangan baton non uchun. Uyda tayyorlangan baton non juda mazali bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (2 dona kichkina baton uchun):

  • 500 gr un
  • 300 ml suv
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i

Ustiga surkash uchun

  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 1 osh qoshiq suv

Idishda iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtiring. Alohida idishda un va tuzni aralashtiring.

Baton non uchun kerakli mahsulotlar

Endi suvli aralashma va yog‘ni unning ustiga quyib qo‘lga yopishmaydigan, lekin yumshoq xamir qoring.

Non uchun xamir

Xamirga 7-8 minut atrofida yaxshilab ishlov bering va ustini o‘rab 1 soat iliq joyda oshiring. Oshib chiqqan xamirni ikkiga bo‘ling va zuvala qiling.

Oshib chiqqan xamir

Bitta xamirni qo‘l yoki juva bilan biroz yoyib oling, keyin rasmda ko‘rsatilgandek qilib orasini zich qilib o‘rang.

Men ikkinchi xamirni dumaloq qilib o‘radim.

Endi ikkala batonni ham yog‘langan qolipga solib, ustini o‘rab yarim soat davomida oshiring.

non oshirish

Yarim soat o‘tgach batonlarning ustiga yog‘ va suv aralashmasini surkang va 200°Cda qizib turgan duxovkada 20 minut pishiring.

non

Batonlar pishib chiqqach ularning ustiga yog‘ va suvli aralashmadan surkang va qolipdan chiqarib sovitish uchun qoldiring.

Baton non

Batonlar biroz sovigach ularni dasturxonga torting.

Baton non oshirish

E’tibor qiling:

Xamirni o‘rayotganda orasini zich qiling, bo‘lmasa batonlarning orasida bo‘shlik paydo bo‘ladi.

Ikkinchi oshirish batonlar ko‘tarilishi va yumshoq bo‘lishi uchun muhim.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ko’p nonlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com