You are currently viewing Baqlajonli salat – bir zumda

Baqlajonli salat – bir zumda

Yoz uchun tezda tayyor bo‘ladigan baqlajonli salat.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiysa uchun):

  • 2-3 dona baqlajon
  • 2 dona bodring
  • 1 dona checnok tishi
  • 2 dona pomidor
  • Yarim bog‘ ukrop
  • 1 dona tuxum
  • 40-50 ml o‘simlik yog‘i
  • Ozgina tuz
baqlajonli salat

Baqlajonlarning po‘chog‘ini archib oling va ikkiga bo‘lib tuzli suvga yarim soatga uyitib qo‘ying. Baqlajonning taxir ta’mi chiqib ketadi.

Endi baqlajonlarni suvdan olib, quriting va rasmda ko‘rsatilganidek to‘rg‘ab oling.

baqlajonli salat uchun

Tuxumni baqlajonlarning ustiga chaqing va ozgina tuz qo‘shib yaxshilab aralshtiring.

Keyin tovaga yog‘ni quyib, u qizigach baqlajonlarni oz-ozdan qo‘g‘irib oling.

Baqlajonlar pishgach ularning ustiga to‘rg‘algan pomidor, bodring, ukrop va mayda qilingan chesnokni soling.

baqlajonli salat masalliqlari

Hammasining ustiga tuz sepib, yaxshilab aralashtiring. Yarim soat o‘tgach baqlajonli salat dasturxonga tortish uchun tayyor.

baqlajonli salat

E’tibor qiling:

Baqlajonlar yog‘ni tortib oladi, shuning uchun tovada yog‘ ozayganda, yog quyib turing.

baqlajonli salat tayyor

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa salat retseptlari ham bor. Masalan koreyscha baqlajonli salat ham tayyorlab ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com