You are currently viewing Bliss –Yangi yil bayrami uchun keks

Bliss –Yangi yil bayrami uchun keks

Bugungi retsept Starbucks kafelarining mashhur keksi klyukva bliss (cranberry bliss bar). Bu ajoyib shirinlik odatda qish oylarida sotiladi. Bliss tayyorlashga juda oson va bayramona shirinlik. Kofe yoki choy uchun ajoyib sherik.

Kerakli mahsulotlar (33x23smli keks uchun):

Bliss xamiriga:

  • 400 gr un
  • 200 gr margarin yoki sariyog‘
  • 4 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq razrixlitel
  • 200 gr  jigarrang shakar
  • Ozgina vanillin
  • 1 dona apelsin zesti (po‘chog‘i)
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 100 gr oq shokolad
  • Yarim choy qoshiq zanjabil qurug‘i
  • 100 gr klyukva qoqi

Kremi uchun:

  • 200 gr kremchiz (cream cheese)
  • Yarimta limonning sharbati
  • 200 gr shakar kukuni
  • 50 gr klyukva qoqi
  • Ozgina mayda oq shokolad
  • Eritilgan oq shokolad

Bliss uchun xamir tayyorlash

Xona haroratidagi sariyog‘ va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib olamiz. Ularni oppoqroq ko‘rinishga kirgunicha ko‘pirtiramiz.

Bliss keksi uchun kerakli mahsulotlar

Keyin tuxumlarni bitta-bitta chaqib ko‘pirtirishda davom etamiz.

Bliss keksi tayyorlash

Endi vanillinni qo‘shamiz. Ustidan elangan un, razrixlitel, zanjabil qurug‘i va tuzni qo‘shamiz. Hammasini aralashtiramiz. Xamirga apelsin zesti, klyukva va shokoladni qo‘shamiz.

Bliss keksi tayyorlash
keks

Endi yog‘langan yoki fergament qog‘ozi solingan qolipga xamirni quyamiz. Xamir keksning xamiridan biroz quyuqroq bo‘lishi kerak. Ustini tekislab oling.

keks

Blissni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 25-28 minut atrofida pishirib oling. Pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshirib oling.

keks

Blissni sovitib keyin qolipdan chiqaring. Ungacha kremni tayyorlab turing.

Bliss uchun krem tayyorlash

Xona haroratidagi kremchizga limonning sharbatini qo‘shing. Keyin ustiga shakar kukuni soling. Hammasini venchik bilan aralashtiring.

bliss uchun krem
bliss uchun krem

Tayyor kremni sovigan klyukva blissning ustiga surkang.

Keyin maydalangan klyukva qoqi va mayda shokoladlarni seping.

bliss (keks)

Eng tepasiga oq shokolad eritib quying. Keyin blissni 2-3 soatga sovuq joyga olib qo‘ying. Bu orada blissning ustidagi krem qotadi.

Endi uni kesib dasturxonga torting. Odatda bliss uchburchak shaklida kesiladi.

bliss (keks)

Bliss  kunduzgi kofe yoki choy bilan juda mos tushadi. Yana uni nonushta uchun ham dasturxonga tortish mumkin.

E’tibor qiling:

Bliss uchun qora shokoladdan ham foydalanish mumkin. Lekin asl retseptda oq shokolad ishlatiladi.

bliss (keks)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ajoyib qish fasli uchun mo‘ljallangan pishiriqlarning retseptini ham topishingiz mumkin. Masalan, biskotti yoki kapkeyk.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com