You are currently viewing Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan va u italyan spagetti souslarining eng mashhuri.

Kerakli mahsulotlar (7-8 portsiya uchun):

  • 500 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 2 dona piyoz
  • 1-2 dona bulg‘or qalampiri
  • 2-3 dona sabzi (hajmiga qarab)
  • 4-5 dona pomidor yangisi yoki konserva bankasidagi
  • 2 dona seldr (сельдерей)
  • 3 dona chesnok tishi
  • 2 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
  • Yarim bog‘ rayhon barglari
  • 20-30 gr parmazan pishlog‘i

Ziravorlar:

  • Yarim choy qoshiq shakar
  • Yarim choy qoshiq quritilgan oregano va rayhon
  • 1 choy qoshiq rozmarin
  • 2 dona lavr bargi
  • 1 dona ziravorlar zahirasi (masalan Maggi kubiklari)
  • Ta’bga qarab tuz va murch
  • 800 gr spagetti

Tovaga yog‘ni quying va uning ustiga go‘shtni solib qo‘g‘iring.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese tayyorlash

Go‘sht qizargach, uning ustiga mayda to‘rg‘algan piyozni soling va piyoz och tilla rang bo‘lgach, qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi, mayda to‘rg‘algan bulg‘or qalampiri va seldrni tovaga soling.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese tayyorlash

Hammasini bir-ikki qog‘iring.

Keyin mayda to‘rg‘algan pomidorni ham soling (men konserva bankasidagidan foydalandim)

Endi ziravorlarni, rayhonni, rozmarinni qo‘shing va sousni aralashtiring.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese tayyorlash

Ziravorlar zahirasini 1 litr qaynagan suv bilan aralashtiring va tovaga quying.

Bolonya sousi qaynab chiqqach uni past olovda, usti yopilgan holda 1.5 soat qaynating. Ora-orada aralashtirib turing.

Bu orada sous quyiladi. Endi qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmazan pishlog‘ini qo‘shing.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese tayyorlash

Bolonya sousi tayyor. Buni pishgan spagettining ustiga quyib dasturxonga torting. Bolonya spagettisi ustiga yana rayhon, parmazan va murch sepish mumkin.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese

E’tibor qiling:

Go‘sht tovaga solinganda uni qoshiq bilan yaxshilab maydalab yuboring, bo‘lmasa u bir-biriga yopishib pishadi va sous bir tekis chiqmaydi.

Pomidorlar qanchalik yetilib pishgan bo‘lsa, sous shunchalik shirin chiqadi.

Bu sousni oldindan tayyorlab qo‘yish, muzlatish (1 oygacha) va xolodilnikda (2-3 kungacha) saqlash mumkin. Kerak bo‘lganda spagetti pishirib aralashtiriladi.

Odatda bolognese uchun spagettining uzun va yapoloq turi ishlatiladi, masalan, tagliatelle turi. Lekin boshqa spaghetti turidan ham foydalansa bo‘ladi.

Bolonya spagettisi - Spaghetti bolognese

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali spagetti uchun souslarning retseptini topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com