Bulgur bu ishlov berilgan bug‘doyning qattiq turidir. U Turk va Yaqin sharq makmlaktlarining oshxonasida ko‘p ishlatiladi. U ishlov berilganligi uchun tezda pishadi va odam organizmi uchun kerakli tolalarga boy bo‘lib odamni uzov vaqt to‘q tutadi. Lekin kaloriyasi oz, demak vazn tashloamoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib donli taom. Quyida bulgur palov qilish retseptini yozaman.
Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):
- 300 gr bulgur
- 1 dona piyoz
- 1 dona chesnok tishi
- 0.5 osh qoshiq sariyog‘ (xohishga qarab)
- 1 dona bulg‘or qalampiri
- 1 dona pomidor
- Tuz va murch
- 1 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i
Qizigan qozonchaga zaytun yog‘i va sariyog‘ni soling. Sariyog‘ erigach uning ustiga mayda kubik qilib to‘rg‘algan piyoz va chesnokni solib, biroz qo‘g‘iring.
Piyoz yumshagach, uning ustiga mayda to‘rg‘algan bulg‘or qalampiri qo‘shing.
Endi mayda to‘rg‘algan pomidorni soling. Biroz qo‘g‘irib orqasidan yuvilgan bulgurni soling. Uni ham yengil 1-2 minut qog‘irib oling.
Bularning ustiga 400 ml qaynagan suv quying. Bulgur qaynab chiqqach, olovni pasaytiring va qozonchaning qopqog‘ini yoping.
Bulgur 25 minut atrofida suvni tortib oladi va pishadi. Uni ora-orada aralshtirib turing. Pishgach olovni o‘chirin va unga 5-10 minut dam bering.
Bulgur palov issiqligida go‘shlti ovqat bilan dasturxonga tortiladi. Men baqlajonli kabob bilan tortdim.
E’tibor qiling:
Bulg‘urga ko‘p suv quyib yubormang, bo‘lmasa lanj bo‘lib qoladi. Oldin ozroq suv quyib ko‘ring, kerak bo‘lsa keyin yana ozroq qaynagan suv quying.
Yoqimli ishtaha!!!
Veb sahifa: www.juvajon.com