You are currently viewing Chak-chak – Andijoncha turi

Chak-chak – Andijoncha turi

Chak-chakning turlari juda ko‘p. U sobiq sovet Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlarida tayyorlanadi. Bugungi retsept uning klassik retsepti. Marxamat chak-chak retsepti bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar (2 ta kichkina tarelka):

Xamiri uchun:

  • 3 dona tuxum
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 220 gr un
  • Yarim choy qoshiq osh sodasi

Sirop uchun:

  • 200 gr shakar
  • 3-4 osh qoshiq asal
  • 100 ml suv

Qo‘g‘irish uchun:

  • 400-500 ml o‘simlik yog‘i

Chak-chak uchun xamir qorish

Idishda tuxum, choy sodasi va tuzni aralashtiramiz.

Chak-chak uchun xamir tayyorlash

Keyin ularning ustiga un solamiz va xamir qoramiz. Chak-chak xamiri yopishqoq bo‘ladi. Unga 7-8 minut atrofida ishlov beramiz. Keyin ustini o‘rab, yarim soat tindiramiz.

Chak-chak uchun xamir tayyorlash

Chak-chak xamiri tindi. Endi uni rasmda ko‘rsatilgandek qilib yupqa qilib yoyib olamiz. Juda yupqa bo‘lib ketmasin.

Undan 2sm enlikda lentalar kesib olamiz. Kesilgan lentalarning bir tomonini 3 minutdan qayzitib olamiz. Ikki tomoniga 6 minut ketadi.

Endi lentalarni somoncha qilib to‘rg‘ab olamiz, gugurt cho‘pi kattaligida.

Chak-chak uchun xamir tayyorlash

Chak-chak qo‘g‘irish

Yog‘ni tovaga quyamiz va qizdiramiz. Qizigan yoqqa bir hovuch atrofida xamirdan solamiz va aralashtiramiz.

Chak-chaklar 7-8 daqiqada yuzaga ko‘tarilib chiqadi. Klassik chak-chak och tilla rangda bo‘ladi. Pishgan chak-chakni qog‘oz sochiqqa qo‘yamiz, ortiqcha yog‘ini tortib olishi uchun. Hamma chak-chakni shu usulda pishirib olamiz.

Chak-chak qo'g'rish

Sirop tayyorlash

Shakar va suvni qozonchaga solamiz. Uni olovga qo‘yib 25 minut atrofida qaynatamiz. Endi ustiga asalni qo‘shib, yana 10-15 minut qaynatamiz. Sirop tayyor bo‘lgach, olovni o‘chiramiz.

Endi issiq siropni chak-chakning ustiga quyamiz. Katta qoshiq yoki kapgir bilan aralashtiramiz.

Chak-chak

Endi uni yog‘langan idishchalarga bo‘lib olamiz. Qo‘lni ho‘llab, chak-chakning ustini bosib olamiz. Ta’bga qarab ustiga maydalangan yong‘oq yoki qandolat mahsulotlari sepish mumkin.

Chak-chakni 1-2 soat tindirib, dasturxonga tortamiz.

Chak-chak

E’tibor qiling:

Chak-chakni pishirishda yog‘ juda issiq bo‘lmasligi kerak. Bo‘lmasa ular bir tekis pishmaydi.

Siropni tayyor bo‘lganligini tekshirish uchun bir-ikki tomchi siropni sovuq suvga soling. Agar sirop suvga aralashib ketsa uni yana biroz qaynating.

Chak-chak

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, qrim paxlavasi yoki qozon somsa.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com