You are currently viewing Chesnokli non – ikki xil usulda

Chesnokli non – ikki xil usulda

Chesnokli non butun Yevropada keng tarqalgan bo‘lib u do’konlarda va restoranlarda sotiladi. Aytishlaricha u AQShda 1950 yillarda restoranlarning menyusida paydo bo‘lgan va chesnokli non ko’pincha makaron taomlari, xususan lazanya va spagetti bilan birga dasturxonga tortiladi.

Kerakli mahsulotlar:

Birinchi usul uchun:

  • 60 gr sariyog‘ (сливочное масло)
  • Yarim bosh kashnich
  • 1 dona chesnok tishi
  • 1 dona baget noni

Ikkinchi usul uchun:

  • 4 dona tost noni
  • 50 gr qattiq pishloq turi (men 4 dona gouda tilimidan ishlatdim)

Xona haroratidagi sariyoqqa mayda to‘rg‘algan chesnok va kashnichni qo‘shing.

Birinchi usul uchun – bitta baget nonini 2 sm qalinlikda oxiriga yetkazmay diagonal yo‘nalishda kesib oling.

Chesnokli non tayyorlash

Keyin ularning orasiga sariyog‘li aralashmadan surkab oling. Nonni folga qog‘oziga o‘rab 180°C da 10 minut ustini o‘rab va oxirgi 5 minut ustini ochib pishirib oling. Hammasi bo‘lib 15 minut.

Ikkinchi usul – tost nonga sariyog‘li aralashmadan surkang va ikkita nonning ustiga pishloqni soling. Qolgan ikkita non bilan pishloqning ustini yoping va tepasiga sariyog‘li aralashmadan surkang.

Chesnok va pishloqli non

Endi aralashmaning ortgan qismini tovada eriting va sendvichlarni qo‘ying. Sendvichlarni o‘rtachadan pastroq olovda ikki tomonini qizartirib oling, bu orada pishloq ham eriydi.

Chesnok va pishloqli non

Chesnokli nonlar tayyor, endi ularni issiqligida dasturxonga torting.

Chesnok va pishloqli non

E’tibor qiling:

60 gr sariyog‘ chesnokli nonning ikkala turiga ham etadi.

Tovaning olovini ko‘tarib yubormang, bo‘lmasa sendvichning tashqi tomini bir pastda qizarib, pishlog‘i erimay qoladi.

Chesnokli non

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda Fransuzcha bagetning retseptini topasiz. Yana baton nonning retsepti ham bor. Chesnokli nonning yana bir turini tayyorlash retsepti bu yerda bor.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com