You are currently viewing Chizkeyk (Cheese cake) – Nyu York usulida

Chizkeyk (Cheese cake) – Nyu York usulida

Chizkeykning tarixi juda uzun. U qadimiy Gretsiyada tayyorlangan. Zamonaviy chizkeyk esa juda ko‘plab ilmiy topilmalarga o‘xshab tasodifan topilgan. Bu klassik retsept ham Nyu Yorklik William Lawrence 1872 yilda, fransuzcha pishloq tayyorlashida xatolik tufayli tasodifan topilgan. Hozirda chizkeyklar ikki xil usulda tayyorlanadi. Bu asl Nyu York usulida tayyorlangan chizkeyk.

Kerakli mahsulotlar (27 smli chizkeyk uchun):

Qobig‘i uchun:

  • 160 gr uqalanadigan pechenyelar
  • 85 gr sariyog‘
  • 1 osh qoshiq shakar

Pishloqli xamir uchun:

  • 900 gr kremchiz (cream cheese – qaymoqli pishloq)
  • 3-4 dona tuxum (hajmiga qarab)
  • 200 ml achqimtir qaymoq (yo‘q bo‘lsa smetana)
  • 3 osh qoshiq un
  • 250 gr shakar
  • 1 ta limonning sharbati va zesti
  • 1 choy qoshiq vanillin

Chizkeyk glazuri uchun (xohishga qarab):

  • 300 gr malina yoki qulupnay
  • 2-3 osh qoshiq shakar
  • Yarim choy qoshiq makkajo‘xori kraxmali yoki un
  • Yarimta limonning sharbati

Muhim: hamma mahsulotlar xona sharoitida bo‘lish kerak

Chizkeyk uchun qobiq tayyorlash

Avval pechennyelarni sellofan paketga solib, maydalab olamiz.

uqalanadigan pechenyelar

Keyin ularni idishga solib eritilgan sariyog‘ va 1 osh qoshiq shakar bilan aralashtirib olamiz.

Chizkeyk uchun qobiq tayyorlash

Endi bu ushoqlarni tashqi tomoniga falga qog‘oz o‘ralgan va ichi yog‘langan qolipga solamiz. Qo‘limiz bilan bosib chiqamiz.

Chizkeyk uchun qobiq

Qobiqni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 10 minut davomida pishirib olamiz. Keyin duxovkadan chiqqan qobiqni biroz sovitib olamiz.

Chizkeyk uchun pishloqli xamirni tayyorlash

Kremchizning hammasini bitta idishga solib qo‘l venchik bilan aralashtirib olamiz.

Creamcheese

Uning ustiga shakarni solamiz va biroz aralashtiramiz.

Chizkeyk uchun kreamchiz tayyorlash

Uning orqasidan 3 osh qoshiq elangan un va tuzni qo‘shamiz.

Keyin limonning sharbati va zesti, vanillin va achqimtir qaymoqni qo‘shamiz.

Chizkeyk uchun kreamchiz tayyorlash

Endi tuxumlarni bitta-bitta chaqib aralashtiramiz.

Bu tayyor aralashmani qobiqning ustiga quyamiz.

Chizkeyk uchun kreamchiz tayyorlash

Endi chuqurroq listga qolipdagi tortni qo‘yamiz va listga qaynagan suv quyamiz. Suv qolipning yarmigacha kelishi kerak.

Keyin listni 110⁰Cda qizib turgan duxovkada 60 minut davomida pishiramiz. Pishib chiqqan chizkeykning o‘rtasi biroz yumshoq (tebranib turadigan) bo‘ladi. Endi olovni o‘chirib, tortni duxovkani ichida 2 soatga sovishi uchun qoldiramiz.

Chizkeyk sovigandan keyin uni duxovkadan chiqaramiz va xolodilnikka 5-6 soat qo‘yamiz.

Chizkeyk uchun glazur tayyorlash

Men bu safar malinadan foydalandim. Glazur uchun hamma narsani qozonchaga solamiz va 2 osh qoshiq suv quyamiz.

Hammasini 10 minut atrofida past olovda qaynatamiz. Keyin sousni elakdan o‘tkazib olamiz (malinaning urug‘ini elaklab olsih uchun). Sous sovigach uni xolodilnikka solib qo‘yamiz.

Malinali sous tayyorlash

Chizkeykni dasturxonga tortish

Tortni ta’bga qarab har xil qilib bezatish mumkin. Xohlasangiz butunligida yoki kesilganda bezating. Tortni kesishdan oldin pichoqni issiq suvga solamiz, isitish uchun. Sochiq bilan quritib, tortni kesamiz.

Chizkeyk

Ustiga malinali sous va butun malinalardan qo‘yib dasturxonga tortamiz.

Chizkeyk

E’tibor qiling:

Ko‘p holatlarda chizkeykning ustida darz bo‘lishi mumkin, lekin yuqordagi qadamlar hammasi bajarilsa tortni darzsiz pishirish mumkin.

Agar tortning ustida darz paydo bo‘lsa ham, u tortning mazasiga ta’sir qilmaydi. Darz paydo bo‘lishi ko‘p kuzatiladi, shuning uchun odatda chizkeyklarning usti mevalar bilan bezatiladi.

Chizkeykni past olovda pishirish va sekin-asta sovitish bilan uning ustida darz bo‘lmasligiga erishish mumkin.

Chizkeyk

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa dessertlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com