You are currently viewing Eggs benedict –Nyu Yorkcha nonushta

Eggs benedict –Nyu Yorkcha nonushta

Eggs benedict Nyu Yorkliklarning sevimli nonushtasi desa ham bo‘ladi. U 1940 yillar atrofida restoran menyularida paydo bo‘la boshlagan. Eggs benedictning paydo bo‘lishi haqida har xil hikoyalar bor. O‘sha hikoyalarning birida aytilishicha eggs benedict Nyu Yorkning “Wall Street”ida ishlaydigan birja savdogarining talabi bilan tayyorlangan taomdir. Hozirda uni ko‘plab hashamdor restoranlarda buyurish mumkin. Tarixi qanday bo‘lishiga qaramay juda mazali nonushta.

Hollandaise sousi uchun:

  • 120 gr sariyog‘
  • 2 dona tuxum sarig‘i
  • 1 choy qoshiq oq uzum sirkasi
  • Ozgina murch
  • 2 choy qoshiq limonning sharbati

Eggs benedict uchun:

  • 2 dona ingliz maffini
  • 4 dona tuxum
  • 2 osh qoshiq sariyog‘
  • 2 kesim kolbasa yoki dudlangan (лосось)

Hollandaise sousini tayyorlash

Buning uchun sariyog‘ni qozonchada eritib oling. Ustida paydo bo‘lgan oq ko‘piklarni suzib oling. Keyin olovni o‘chiring.

Erigan sariyog'

Boshqa issiqqa chidamli idishga 2 ta tuxum sarig‘ini soling. Keyin uning ustiga sirkani qo‘shing. Ta’bga qarab muz soling. Limonning sharbatini ham qo‘shing. Hammasini aralashtiring.

Hollandaise sousini tayyorlash

Endi boshqa kattaroq idishda suv qaynating. Tuxumli aralashma bor idishni qaynagan suvning ustiga qo‘ying (rasmga qarang).

Hollandaise sousini tayyorlash

Aralashmani tinmay aralashtiring. Aralashma 3-4 minut atrofida quyuqlashadi. Bu jarayonda suv yengil qaynashi kerak, qattiq emas.

Egg benedict  uchun Hollandaise sousini tayyorlash

Quyuqlashgach, uni olovdan oling.

Egg benedict  uchun Hollandaise sousini tayyorlash

Uning ustiga biroz sovigan sariyog‘ eritmasini oz-ozdan quying va tinmay aralashtiring. Sariyog‘ning hammasi qo‘shilib bo‘lgach hollandaise sousi tayyor bo‘ladi.

Eggs benedict tayyorlash

Ingliz maffinlarini toast qilib oling. Maffinlarni tayyorlash retseptini bu linkda bor.

Tuxumni ham po‘choqsiz qaynating. Mana bu linkda tuxumni po‘choqsiz qaynatishni to‘la tushuntirib yozganman.

Endi maffinlarning ustiga sariyog‘ surkang. Keyin go‘shtni qo‘ying. Uning ustidan esa tuxumni qo‘ying.

Egg benedict tayyorlash
Dudlangan salmon

Eng tepasiga esa hollandaise sousidan quying.

Egg benedict tayyorlash

Eggs benedict tayyor. Endi uni darrov dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Hollandaise sousi quyuqlashib ketsa unga oz-ozdan issiq suv quyib suyultirish mumkin.

Hollandaise sousi kartoshka bilan ham mos tushadi.

Egg benedict shoxona nonushta

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali tuxumdan tayyorlangan nonushtalarning retseptini topasiz. Masalan tuxum va avokado yoki silbir.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com