You are currently viewing Feta pasta – Tik-tokning eng mashhur retsepti

Feta pasta – Tik-tokning eng mashhur retsepti

Feta pasta 2021 yilda internetni zabt etgan retseptidir. Uning asoschisi Finlyandiyalik blogger hisoblanadi. Feta pasta juda mazali va tayyorlashga juda oson taom. U sog‘lom yog‘lar va vitaminlarga boy.

Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):

  • 300-400 gr feta pishlog‘i
  • 500 gr pasta (makaron)
  • 4-5 dona chesnok tishi
  • Yarim bog‘ rayhon
  • 100 ml zaytun yog‘i
  • 10-15 dona cherri pomidori
  • Ozgina oregano
  • Tuz va murch
Feta pasta uchun kerakli mahsulotlar

Issiqqa chidamli idishga ozgina zaytun yog‘idan surkang. Uning ustiga feta pishlog‘ini qo‘ying. Cherri pomidorlarini uning atrofiga terib chiqing. Ustiga murch va oregano seping. Zaytun yog‘ining yarmini quying.

feta pishloqi va pomidor

Endi idishni 200⁰Cda qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishiring.

Vaqt o‘tgach idishni duxovkadan oling. Pishloq va pomidorlarning ustiga maydalangan chesnok va rayhonni seping. Endi duxovkaning gradusini 210⁰Cga ko‘taring. Idishni yana 10 minutga duxovkaga soling.

feta pasta tayyorlash

Bu orada makaronni yo‘llanmasiga qarab qaynatib oling. Men qora undan tayyorlangan makaron turidan foydalandim.

Endi pishib chiqqan pishloq va pomidor ustiga pishgan makaronni soling. Hammasini aralashtiring.

Feta pasta tayyor. Uning ustiga zaytun yog‘ining qolgan qismini qo‘shing. Maydalangan rayhon seping va issiqligida dasturxonga torting.

feta pasta (pp)

E’tibor qiling:

Feta pishlog‘i tuzli bo‘ladi. Shuning uchun men sousga tuz sepmadim. Lekin makaronni tuzli suvda pishirdim.

feta pasta (pp)

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda 2020 yilning trendi bo‘lgan dalgona kofesining retseptini ham topasiz.

Yana feta pishlog‘i bilan ajoyib taomlarning retseptinio ham topasiz. Masalan, grekcha salat yoki kinva salati.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com