Kabobning bu turi Fors oshxonasi, ya’ni Eronda uchraydi, lekin u dunyoning boshqa joylariga ham keng tarqalgan. Bu retsept bo‘yicha pishgan tovuq go‘shti mazali bo‘ladi. Sog‘lom va oson retsept.
Kerakli mahsulotlar (1 kg go‘sht uchun):
- 1 kg laxm tovuq go‘shti (ko‘krak yoki son qismi)
- 1 dona piyoz
- 3 osh qoshiq qatiq yoki yogurt (albatta shirasiz)
- 1osh qoshiq kukurma
- 1 dona limonning sharbati
- Tuz va murch
Go‘shtni 3 sm atrofida kesib oling.
Kabob uchun tuzlama tayyorlash
Qirg‘ichning mayda ko‘zida yoki blenderda maydalangan piyozning ustiga limonning sharbatini, kukurma, tuz va murchni aralashtiring.
Bu tuzlamani endi go‘sht bilan yaxshilab aralashtirib oling va ustini o‘rab 20-24 soatga xolodilnikka solib qo‘ying.
Ertasi kuni go‘shtni xona haroratiga olib keling va sixga o‘tkazib oling (sixga nechtadan go‘sht o‘tkazish sixning uzunligiga bog‘liq).
Endi buni duxovkada, grillda, yoki cho‘g‘da pishiring. Biz cho‘g‘da pishirdik pishirdik.
Kabob issiqligida yoniga sirka qo‘shilgan piyoz solib dasturxonga torting. Men yana uni fors usulida bug‘langan guruch bilan birgalikda qo‘ydim.
E’tibor qiling:
Bu kabobning tuzlamasida qatiq borligi uchun uni 24 soat ichida pishirib oling.
Go‘shtni albatta pishirishdan oldin xona haroratiga olib keling.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda kabobning boshqa turlarining retseptini ham ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com