Hozirda kapkeyk deb ataladigan pishirqlar birinchi marta 1976 yilda ‘American cookery’ kitiobida eslatilgan. Bugungi kunga kelib ularning juda ko‘p turi bor. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan kapkeyklar juda mayin bo‘ladi. Retsept juda oson bo‘lganligi uchun bolalar bilan tayyorlashga qo‘l keladi va bolalar uni tayyorlashni yoqtiradi.
Kerakli mahsulotlar (16-17 dona kapkeyk uchun):
Xamiri uchun:
- 150 gr margarin yoki sariyog‘ (xona haroratida)
- 200 gr shakar
- 3 dona tuxum
- 40 ml sut
- 40 ml qatiq yoki smetana
- 250 gr un
- 7 gr razarixlitel (1 choy qoshiq to‘la)
- 3 osh qoshiq kakao (xohishga qarab)
- Ozgina mayda shokoladlar va klyukva (xohishga qarab)
- Ozgina vanilin
Kremi uchun:
- 140 gr xona haroratida sariyog‘ (сливочное масло)
- 280 gr shakar kukuni
- 2 osh qoshiq sut
- Ozgina vanilin
Kapkeyk uchun xamir tayyorlash
Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.
Ishni xamirni tayyorlashdan boshlaymiz. Birinchi bo‘lib sutga ozgina limonning sharbati yoki uksus qo‘shing va chetga surib qo‘ying.
Ikkinchi bo‘lib yumshoq margarin va shakarni mikser yoki qo‘l venchik bilan ko‘pirtirib oling.
Keyin tuxumlarni bitta-bitta solib yana ko‘pirtirishda davom eting.
Endi sut, qatiq va vanilinni soling va aralashtiring.
Shu jarayondan so‘ng biz xamirni ikkiga bo‘lib oldik.
Birinchi xamirga un va razrixlitelning yarmini qo‘shdik. Yana mayda shokoladlar va klyukvani soldik. Hammasini aralashtirdik.
Ikkinchi xamirga esa 3 osh qoshiq kakao, 2 osh qoshiq kofe damlamasi va unni soldik. Hammasini aralashtirdik.
Endi yog‘ surkalgan yoki qog‘oz solingan qolipchalarga xamirni 2/3 (uchdan ikki) qismiga to‘ldirib quying.
Kapkeyklarni 175°C da qizib turgan duxovkada 20-22 minut davomida pishiring. Biz 22 minut pishirdik. Kapkeyklarni pishganligini gugurt cho‘pi bilan tekshirish mumkin.
Kapkeyklarni 2 minut qolipda keyin esa qolipdan chiqarib sovitib oling.
Kapkeyk uchun krem tayyorlash (9 dona kapkeyk uchun)
Yumshoq sariyog‘ni 2 minut atrofida mikser bilan ko‘pirtirib oling. Keyin shakar kukunining bir qismini elakdan o‘tkazib qo‘shing va yana mikser bilan aralashtirishda davom eting.
Endi shakar kukunining qolgan qismini, sutning 1 osh qoshig‘ini va vanilinni solib yana aralashtiring. Kerak bo‘lsa sutning keyingi 1 osh qoshig‘ini qo‘shing va biroz ko‘pirtirgach mikserni o‘chiring. Krem tayyor.
Kremni konditer qopchasiga soling. Biz yulduzcha shakldagi nosadkadan foydalandik.
Keyin kapkeyiklarning ustiga kremni chiqaring. Buning uchun har xil usuldan foydalanish mumkin. Men bu safar chetidan markazga qarab yuradigan usuldan foydalandim.
Kremni oz yoki ko‘p chiqarish ta’bga bog‘liq. Menga ozroq chiqarish yoqadi, chunki bu kapkeyuklar kichkina. Bo‘lmasa krem va biskvit nisbati uncha mutanosib bo‘lmaydi.
Kapkeyklarning ustiga xohishga qarab mayda qandolat mahsulotlari sepish mumkin. Tayyor kapkeyklarni dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Bu kapkeyklarni kremsiz ham tayyorlash mumkin. Biz bir qismini krem bilan, bir qismini esa kremsiz tayyorladik.
Qatiq va sut aralashmasi xamirning juda ham mayin bo‘lishiga yordam beradi.
Xamirni un solingach ko‘p aralashtirmang, bo‘lmasa ular zich bo‘lib qoladi.
Bu usulda tayyorlangan kremni tortlarning ustini bezatish uchun ham ishlatish mumkin. Bu krem salqin joyda yaxshi saqlanadi.
Kapkeyklar usti yopilgan idishda 4-5 kungacha ham yaxshi saqlanadi.
Xamir suyuqroq bo‘lsa uning usti tekis pishadi, quyuqroq bo‘lsa usti sal ko‘tariladi, huddi biz qilgan oq va shokoladli kapkeyklardek. Biz shokoladli xamirni sal quyuqroq qildik, chunki shokoladli kapkeyklarning ustiga krem qo‘ymadik.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda bolalar bilan tayyorlash uchun boshqa retseptlarni ham ko‘ring. Masalan, shokoladli pechenye yoki doughnutlar.
Veb sahifa: www.juvajon.com