You are currently viewing Kiev tovug‘i (Chicken Kiev)

Kiev tovug‘i (Chicken Kiev)

Kiev tovug‘i juda qadimdan tayyorlanib keladigan taomlardan biridir. Uning tarixi juda aniq yozilmagan. Lekin aytishlaricha XVIII asrda rus oshpazlari, fransuzcha retseptlardan ruhlanib yaratishgan ekan. Hozirda Kiev tovug‘i g‘arbda juda keng tarqalgan taomlardan biridir.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 4 dona tovuq go‘shtining ko‘krak qismi
  • 200 gr un
  • 2 dona tuxum
  • 200 gr non tolqoni
  • Tuz va murch
  • Yarim choy qoshiq paprika
  • 1-2 osh qoshiq parmazan pishlog‘i (ta’bga qarab)

Ichiga solish uchun:

  • 100 gr sariyog‘
  • Yarimta limonning sharbati
  • 2-3 dona chesnok tishi
  • Yarim bog‘ petrushka yoki kashnich

Qo‘g‘irish uchun

  • 40-50 ml atrofida o‘simlik yog‘i

Kiev tovuq uchun sariyog‘ni tayyorlash

Buning uchun xona haroratidagi sariyoqqa limonning sharbati, ezilgan chesnok, to‘rg‘algan petrushkani aralashtiring.

Kiev tovuq uchun sariyog‘ni tayyorlash

Keyin rasmda ko‘rsatilganidek qilib rulet shaklida o‘rang. Keyin uni xolodilnikka solib qo‘ying (qotishi uchun).

Kiev tovuq uchun sariyog‘ni tayyorlash

Kiev tovuq uchun go‘shtni tayyorlash

Buning uchun ko‘krak qismining o‘rtasidan pichoq yordamida cho‘ntak oching. Ehtiyot bo‘ling go‘sht oxirigacha kesilib ketmasin.

tovuq go‘shtni

Qatigan sariyog‘ni diagonal yo‘nalishda kesib oling (rasmga qarang).

Kiev tovuq uchun sariyog‘ni tayyorlash

Endi bu cho‘ntakka sariyog‘plastinkalardan 2 yoki 3 donadan solib chiqing.

Kiev tovuq tayyorlash

Ochiq joyini mayda cho‘plar bilan tikib chiqing. Odatda bitta ko‘krak go‘shti uchun 2-3 dona cho‘p ketadi.

Endi unga tuz, murch va paprika aralashtirib oling. Tuxumlarni ham chaqib tuz sepamiz va vilka bilan yaxshilab aralashtirib oling. Tolqonga parmazan pishlog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shamiz.

Endi go‘shtni oldin unga, keyin tuxumga oxirida esa tolqonga bulab oling. Hamma go‘shtni shu usul bilan tayyorlab oling. So‘ng ularni xolodilnikka 1 soat yoki uzoqroqqa solib qo‘ying.

Kiev tovuq pishirish

Vaqt o‘tgach yog‘ni tovaga quying. U qizigach tovuq go‘shtining ikkala tomonini ham qizartirib oling.

Kiev tovuq tayyorlash

Endi ularni listga terib 180⁰Cda qizib turgan duxovkaga soling.

Kiev tovuq

Kiev tovug‘ini 25-30 minut davomida pishiring.

Kiev tovuq

Tayyor Kiev tovuqni issiqligida dasturxonga torting.

Kiev tovuq

E’tibor qiling:

Kiev tovuqni tolqonga bulab bo‘lgandan so‘ng muzlatish mumkin. Pishirayotganda muzlatilgan holda pishirilish kerak.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda tovuq go‘shtidan tayyorlangan boshqa mazali taomlarning retseptini ham topasiz.  Masalan, peri-peri tovuq yoki tovuq naggetlari.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com