You are currently viewing Kimchi (Tuzlangan karam)

Kimchi (Tuzlangan karam)

Kimchi dunyoga mashhur Koreya taomidir. Kimchining juda ko‘p turi bor. Uni har xil sabzavotlardan tayyorlashdi. Lekin asosan karamdan tayyorlayman. Hozirda kimchi dunyoning ko‘p joylariga tarqalgan. U inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan taomlar ro‘yxatiga kiradi. Kimchining foydasi juda ko‘p, chunki unda foydali bakteriya va probiotiklar bo‘ladi. Bugun uy sharoitda oz miqdorda kimchi tayyorlashning retsepti bilan bo‘lishaman.

Kimchi uchun napa karam turi kerak bo‘ladi. Napa karam Xitoy karamining bir turidir

Kerakli mahsulotlar (1 dona katta karam uchun):

  • 1 dona napa karam turi
  • 1 dona koreys turpi (oq turp)
  • 1-2 dona sabzi
  • 50 gr tuz

Sous uchun

  • 4-5 dona chesnok tishi
  • 30 gr atrofida zanjabil
  • 1 dona piyoz
  • Yarimta nok
  • 60-100 gr koreys qizil qalampir qurug‘i
  • 3 osh qoshiq baliq sousi (fish sous)
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 50 ml suv
  • Yarim osh qoshiq guruch uni yoki kraxmal

Kimchi uchun sabzavotlarni tayyorlab olish

Buning uchun yuvilgan karamni o‘rtasidan diagonal yo‘nalishda bo‘lamiz.

Xitoy karami

Endi yana bir marta bo‘lib olamiz. Keyin 3×4 sm kattalikda kesib olamiz.

Kimchi uchun karam

Sabzini ham ingichka qilib to‘rg‘ab olamiz. Turpni ham somoncha qilib to‘rg’aymiz.

Oq turp (koreys turpi)

Bu sabzavotlarni idishga katta idishga solib, ustidan 50 gr tuz sepamiz. Agar topsangiz koreys tuzidan foydalaning.

Kimchi tayyorlash

Endi ularning ustiga sovuq suv quyamiz. Suz sabzavotlarni ko‘mib turadi. Buni 2-3 soatga bir chetga surib qo‘yamiz.

Kimchi tayyorlash

Kimchi uchun sous tayyorlash

Buning uchun birinchi bo‘lib kraxmal va suvni pishirib olamiz. Sovuq suvga kraxmalni qo‘shing yaxshilab aralashtiring.

Kraxmal

Endi uni past olovga qo‘ying. Quyulguncha tinmay aralashtirib turing. Sous quyuqlashgach shakarni soling. Endi olovni o‘chiring. Aralashmani sovitish uchun olib qo‘ying.

Piyozni qirg‘ichning mayda ko‘zidan chiqarib oling. Chesnok, nok va zanjabilni ham qirg‘ichdan chiqaring.

Endi ularning ustiga kraxmalli aralashmani qo‘shing. Keyin baliq sousi va qalampir maydasini aralashtiring.

Baliq sousi va koreycha qalampir
Kimchi uchun sous

Kimchi tayyorlash

Sabzavotlarning suvini to‘kib tashlang.

KImchi tayyorlash

Endi qizil sousni karam sabzavotlarga qo‘l bilan surkab chiqing.

Kimchi tayyorlash

Kimchini reaksiyaga kirishmaydigan idishga bosib soling. Men shisha bankalardan foydalandim.

Kimchi

Bankalarni qopqog‘ini yoping, lekin oxirigacha buramang. Bo‘lmasa kimchidan gaz chiqa boshlaganda, bankada bosim kuchayadi. Natijada banka portlashi mumkin.

Kimchini xona haroratida 48-36 soat qoldiring. Vaqt xonaning haroratiga bog‘liq.

3-4 kun o‘tgach kimchi tayyor bo‘ladi. Uni darrovda yoki keyinroq iste’mol qilish mumkin. Tayyor kimchini xolodilnikda saqlash kerak.

Kimchi

E’tibor qiling:

Men 1 dona karam uchun 60 gr qalampir qurug‘idan foydalandim. Chunki men uni juda achchiq bo‘lishini xohlamadim.

Kimchini alyumin, mis va cho‘yan idishlarda saqlab bo‘lmaydi. Chunki bu materiallar ovqat bilan reaksiyaga kirishadi.

Kimchiga ko‘k piyoz ham qo‘shish mumkin.

Kimchi

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa koreycha taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, baqlajonli salat yoki koreyscha stir-fray.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com